• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 17 » Islom Karimov nima uchun Hazrat Xizrga dafn etilgan
13:27
Islom Karimov nima uchun Hazrat Xizrga dafn etilgan

Sizga yaxshi ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafotidan so‘ng Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuasiga dafn etildi. Islom Karimov tiriklik chog‘idayoq shu yerga dafn etilishini vasiyat qilgan edi. Xo‘sh, nega aynan Hazrat Xizrga. Bu maskanning tarixi qanday?
 
Hazrat Xizr masjidi ko‘xna Samarqandning eng mo‘tabar joylaridan bo‘lib, baland tepalikda joylashgan. Bu yerdan muazzam shaharning tarixiy obidalari, shular qatorida Samarqandning yuragi bo‘lmish Registon maydonining moviy gumbaz va minoralari hamda Bibi Xonim masjidining go‘zal manzarasi namoyon bo‘ladi.


 
Ushbu muqaddas ziyoratgoh Samarqandda bunyod etilgan birinchi masjid bo‘lib, VIII asrda Qutayba ibn Muslim rahnamoligida qurilgan.
 
Masjid qadimda shahardan tashqarida, Kesh darvozasi yo‘li yoqasida joylashgan bo‘lib, ushbu darvozadan Buyuk ipak yuli bo‘ylab qatnovchi karvonlar shaharga kirib kelishgan. Aytishlaricha, aynan shu joyda masjidni barpo etishni Qutayba ibn Muslimga Hazrat Xizr buyurgan ekanlar.


 
Hazrat Xizr Islom olamida va xalqimiz orasida alohida e'tibor va ixlos bilan tilga olinadigan mo‘tabar zotdir. U kishining payg‘ambar yoki avliyo ekanliklari haqida ixtilofli fikrlar bor. Ulamolar Qur'oni Karimning "Kahf” surasida "Allohning bandasi” deb tilga olingan shahsni Hazrat Xizr deb talqin qiladilar. Ushbu surada Hazrat Xizrni Muso alayhisalom bilan bo‘lgan uchrashuvlari qissasi bayon qilinadi. Bu qissada Alloh Muso alayhisalomga "Har bir biluvchining ustidan biluvchiroq bordir” degan xabarni berib, Musoga ulardan ko‘ra ilmliroq odam borligi va u kishidan ba'zi bir narsalarni o‘rganish zarurligini xabar beradi. Muso alayhisalomga ustoz bo‘lgan zot Kur'oni Karimda Xizr deb atalmagan, balki "solix banda” deb atalgan. Shu oyatlarni tafsirida Imom Buxoriy keltirgan rivoyatda solix bandani "Xizr” deb ataladi.
 
Hazrat Xizr nomlari bilan bog‘liq juda ko‘p rivoyatlar mavjud. Xususan, ko‘pchilik ularni barhayot ekanlar deb fikr yuritadi. Ammo ko‘pgina katta ulamolar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Islom olamida katta xurmatga ega bo‘lgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazrat Xizr Qiyomatgacha boqiy qolishlari mumkin emasliklariga Qur'oni Karimning "Anbiyo” surasining oyatini dalil qilib keltirganlar. Bu oyatda "Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo‘q. Agar sen o‘lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?” deyiladi.
 
Shuningdek, Shayh Hazratlari Hazrat Xizr nabiy bo‘lganliklariga oid fikrni tarafdori bo‘lganlar. Xalq orasida shunday fikr ham borki, Hazrat Xizr vafot etganlar, lekin ularning ruhlari Allohning qudrati ila insonlarga ko‘rinadi va muhtojlarga yordam beradi.


 
Xizr so‘zi "yashil” degan ma'noni anglatadi, va rivoyatlarga ko‘ra, u kishi qayerda o‘tirsalar, o‘sha yerdan, hatto toshdan ham yam-yashil ko‘katlar unib chiqar, daraxtlar ko‘karib qolar ekan.
 
Bir rivoyatda aytilishicha Hazrat Xizr xar bir insonga umri mobaynida uch marotaba ko‘rinadilar. Ko‘rishganda u kishini norozi, xafa qilmay yaxshi muomala bilan rozi qilgan kishini duo qilar ekanlar. Aytishlaricha, Hazrat Xizrni ko‘rganda ko‘pchilik ziyraklik ne'matidan bebahra bo‘lib, g‘aflatda qolib, ularni ko‘rganliklarini bilmay qolar ekan.
 
XIII asr boshida Hazrat Xizr masjidi mo‘g‘illar istilosi mobaynida vayron qilinadi. Masjid 1854 yilda Buxoro Amiri Muzaffarxon buyrug‘i bilan samarqandlik ustalar tomonidan eski poydevor ustiga qayta barpo etiladi. 1899 yilda uning peshayvon va darvozaxonalari quriladi.
 
Mustaqillik davrlarida masjidni ta'mirlash bo‘yicha ishlar olib borilgan.
 
Masjid YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ruyxatidagi obidalar qatoridan joy olgan.


 
2016 yilning 3 sentyabrida masjidning yonida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etildilar.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1475 | Добавил: Admin | Теги: Islom Karimov nima uchun Hazrat Xiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930