• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 27 » Ishchi kuchi qaysi mamlakatlarda arzon? Ro‘yxat bilan tanishing
20:21
Ishchi kuchi qaysi mamlakatlarda arzon? Ro‘yxat bilan tanishing

Maoshidan mamnun odamni topish oson bo‘lmasa kerak. Hatto, tuzukkina maosh oladiganlarning ham nolishlari quloqqa chalinib qoladi ba'zan. Axir, pul deganlari bir joyda muqim turmasa, nuqul ketib qolaversa!..
 
Ammo bu dunyoda mehnatiga yarasha haq ololmaydiganlar qanchadan-qancha topiladi. Ko‘p davlatlarda ishchi kuchi o‘ta arzon va odamlar arzimagan pul evaziga qora mehnat bilan shug‘ullanishga majbur.
 
G‘arblik yirik ishlab chiqaruvchilarning bunday mamlakatlarga ravona bo‘lishining siri ham shunda: ularga arzon ishchi kuchi kerak! Ular ishlab chiqarishni nochor mamlakatga joylashtiradi va arzon ishchi kuchidan foydalanib, mablag‘larini tejab qoladi.
 
Albatta, tadbirkorlar anoyi emas, biror nochor davlatga yo‘l olishdan avval u yerdagi siyosiy barqarorlik, infratuzilmaning holati, texnologiyalardan foydalana olish imkoniyatlari kabi jihatlarni o‘rganib chiqadi.
 
"Vesti Ekonomika” nashri tuzgan quyidagi ro‘yxat yordamida dunyoning qaysi davlatlarida ishchi kuchi o‘ta arzon ekanini bilib olishingiz mumkin.
 
Ro‘yxatda bir yillik minimal maosh miqdori ko‘rsatilgan.
 
15.Madagaskar – $490
 
Ushbu orol-davlatda Afrika, hind, Yevropa va xitoy madaniyatlarining omuxtasini ko‘rish mumkin. Bunday xususiyat uning tarixida aks etgan. Madagaskar chinnigul, ilang-ilang va vanil mahsulotlarini dunyo bozoriga yetkazib berish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Qolaversa, Madagaskar biznes yuritish uchun ma'qul joydir, chunki bu yerda mehnat uchun to‘lanadigan minimal haq soatiga 23 sentni, ya'ni yiliga 490 dollarni tashkil etadi.
 
14. Gana – $488
 
Gana Afrikaning tabiiy resurslarga, xususan, qimmat metallar va minerallarga boy, o‘rtacha daromadga ega mamlakatidir.  Bu yerda yirik oltin konlari mavjud. Gana hukumati 2020-2029 yillarda mamlakat iqtisodiyotini rivojlangan bosqichga olib chiqishni rejalashtirmoqda. Mamlakat poytaxtida "Umid shahri” nomida texnologiya parki barpo etilmoqda. Park bir nechta binodan iborat bo‘lib, uning eng baland minorasi Afrikada yagona bo‘ladi. Loyihaga 10 milliard dollar ajratilgan.
 
13. Tojikiston – $487
 
Yon qo‘shni Tojikistonning ahvolidan ozmi-ko‘pmi xabardormiz. 1990 yillarning boshida bu yerda boshlangan fuqarolar urushi iqtisodiyotni izdan chiqardi, oqibatda ishsizlik kuchaydi, hayot sifati pasaydi. Ko‘plab tojikistonliklar ish izlab boshqa davlatlarga yo‘l olishga majbur bo‘ldi.
 
12. Kongo Demokratik Respublikasi – $472
 
Mazkur mamlakat tabiiy resurslarga boy bo‘lsa-da, ulardan foydalanish imkoniyatiga  ega emas. Kongo 1960 yilgacha Belgiyaning mustamlakasi bo‘lgan, 1971-1997 yillar oralig‘ida Zoir Respublikasi deb atalgan. Siyosiy beqarorlik va korruppiya Kongo Demokratik Respublikasining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Turgan gapki, bunday sharoitda xorijlik investorlarning e'tiborini tortish mushkul. Poytaxt Kinshasa mamlakatning yagona yirik shahridir, qolgan hududlar u qadar rivojlanmagan.
 
11. Liberiya – $435
 
Ushbu mamlakat nomi "Ozodlik yeri” ma'nosini bildiradi. Liberiya Respublikasiga ozodlikka chiqqan afroamerikaliklar asos solgan. Fuqarolik urushlari, siyosiy beqarorlik mamlakat iqtisodiyotini butkul izdan chiqardi va Liberiya G‘arbiy Afrikaning eng qashshoq o‘lkasiga aylandi. Aholisi 4 millionga ham yetmaydi, ammo bir necha yil avval ishsizlik darajasi 85 foizgacha ko‘tarilib ketdi.
 
10. Malavi – $412
 
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar singari Malavi iqtisodiyoti ham donorlik yordami, xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa davlatlar ajratadigan mablag‘larga bog‘lanib qolgan. Bu yerda mehnatga yaroqli aholining 90 foizi qishloq xo‘jaligida band. Investitsiya nuqtai nazaridan Malavi Afrikaning eng xavfsiz hududlaridan biri hisoblanadi.
 
9. Gvineya-Bisau – $372
 
Gvineya-Bisau aholisining aksari qashshoqlikda kun kechirishga majbur. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodining yetakchi sektori sanaladi. Gvineya-Bisau chet mamlakatlarga asosan yong‘oq, yeryong‘oq va baliq eksport qiladi. Gvineya-Bisau 1974 yilda mustaqillikka erishgan, ammo harbiy to‘ntarishlarning tinimsiz ro‘y berishi mamlakatni orqaga tortmoqda.
 
8. Venesuela – $361
 
Neftga boy Venesuela ayni damda iqtisodiy inqirozni boshidan o‘tkazmoqda. Inflyatsiya darajasi haddan tashqari oshib ketgan, ishsizlik kuchaygan. Shu sababli mamlakatda ijtimoiy noroziliklar ortib bormoqda.
 
7. Gambiya – $317
 
Gambiya ham agrar davlat hisoblanadi, mehnatga yaroqli aholining 75 foizi qishloq xo‘jaligida band. Asosiy valyuta tushumi yeryong‘oq hisobiga qo‘lga kiritiladi, eksportning taxminan 40 foizi aynan shu mahsulot hisobiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda Gambiyada turizm sohasi ham rivojlanmoqda.
 
6. Tanzaniya – $240
 
Tanzaniya yovvoiy tabiatni xush ko‘radigan sayyohlar orasida ma'lum va mashhur. Bu mamlakat Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo‘lgani uchun aholining aksar qismi ingliz tilida so‘zlasha oladi. Tanzaniya tabiiy resurslarga boy, ammo sanoati rivojlanmagan. Mehnatga yaroqli aholining 80 foizi qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydi.
 
5. Bangladesh – $228
 
Bangladesh o‘ta gavjum mamlakat – atigi 144 000 km² hududda qariyb 170 million aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda u Osiyoning eng kambag‘al o‘lkalaridan biridir. Ishchi kuchi arzon bo‘lgani uchun bir qator mashhur kiyim-kechak kompaniyalari bu yerda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Egningizdagi falon markaga mansub ko‘ylak Bangladeshda tikilgan bo‘lsa, hayratga tushmang.
 
4. Qirg‘iziston – $181
 
Qirg‘iziston ham yon qo‘shnimiz. Yon qo‘shni – jon qo‘shni deganlaridek, Qirg‘iziston iqtisodining rivojlanishidan, albatta, xursand bo‘lamiz. Ammo o‘tgan yillardagi siyosiy beqarorlik ushbu mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanashiga ta'sir ko‘rsatmay qolmadi.
 
3. Kuba – $108
 
Tabiati maftunkor "Ozodlik oroli!”. Kuba ko‘plab sayyohlarning sevimli maskani hisoblanadi. So‘nggi yillarda Gavana va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashgani kuzatilmoqda, demak, Amerikaning yirik kompaniyalari Kubaga kirib kelsa ajab emas.
 
2. Gruziya – $96
 
Gruziya ham boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar singari turli muammolar duch kelmoqda. Ishchi kuchining arzonligi bu yerda biznes yuritmoqchi bo‘lganlarga qo‘l kelishi aniq.
 
1. Uganda – $22
 
Ma'lumotlarga qaraganda, Uganda aholisining uchdan ikki qismi o‘ta qashshoqlikda kun kechiradi. Ushbu mamlakat asosan qahva eksportidan daromad oladi, mehnat yaroqli aholining 80 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida ishlaydi. Ugandani 1986 yildan beri Yoveri Musevini boshqarib kelmoqda. U hokimiyatga harbiy to‘ntarish orqali kelgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1268 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь