• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » Ishchi guruh tomonidan So‘x tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
17:30
Ishchi guruh tomonidan So‘x tumanida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi Ishchi guruh tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar tuman hokimligi qoshida hamda sektorlar shtabida tashkil etilgan "Fuqaro qabulxonalari”ga kelib tushgan 275 ta murojaatdan, 64 tasi joyida hal etilgan. Shuningdek, 110 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, qolgan 101 ta muammolarni tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, aholi xonadonlarida olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan 1345 ijtimoiy muammolardan 1307 hal etilgan. 528 nafar fuqaroning Toshkent shahridagi qurilish obyektlariga yetib borishi, 157 nafar fuqaroning esa oilaviy va shaxsiy masalalarni hal etishlari uchun chegaradan xavfsiz o‘tkazilib, Farg‘ona shahriga yuborilishi ta’minlangan.

Shuningdek, 139 nafar ("Agrobank” – 80 va "Xalq banki” – 59) fuqaroga jami 2 milliard 36 million so‘mlik imtiyozli kreditlar berilgan.

Tuman aholisining sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun Toshkent shahri, Andijon viloyati va Farg‘ona shahridan kelgan 19 nafar malakali shifokor o‘z faoliyatlarini yakunlab, Farg‘ona shahriga jo‘nab ketgan. Hozirda ularning o‘rniga yangi tarkibdagi, o‘xshash ixtisoslikdagi shifokorlarning yetib kelishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tumandagi 780 ta ijtimoiy yordamga muhtoj oilaga 242 million so‘m ijtimoiy nafaqa tayinlangan va ushbu oilalarga 23-iyun kuniga qadar to‘liq to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, tumanda yo‘l qurilishi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha, irrigatsiya tarmog‘ini ta’mirlash yo‘nalishida, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida, Qurilish-ta’mirlash yo‘nalishida ham ishlar jadal olib borilmoqda.

Xususan, 31-may kuni sodir bo‘lgan tartibbuzarliklar natijasida talafot ko‘rgan "Chashma” MFYning Buloqboshi ko‘chasida yashovchi Ravshan To‘xtanazarovga tegishli xonadon to‘liq buzilib, uning o‘rniga 28 nafar quruvchi tomonidan 6 xonadan iborat hovli-joy qurilishi ishlari boshlangan.

Avvalroq So‘xga elektr ta’minotini yaxshilash uchun turli quvvatdagi 16 dona transformator punkti, 79 kilometr uzunlikdagi zamonaviy elektr uzatish kabellari, 80 dona temir-beton tayanch, 1200 dan ortiq izolyator, 10 turdagi elektr qurilmalari yuborilgani, Farg‘ona viloyati hokimligi So‘x tumaniga xayriya karvoni jo‘natgani, 230 nafar so‘xlik Tashkent City’dagi qurilish ishlarida qatnashish uchun poytaxtga olib kelingani, So‘xda 3 ta dam olish maskani yaratilishi, viloyat markaziga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar berilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:534 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь