Isamat Ergashev 1945 yil 22-fevral sanasida Qozog'istonning Chimkent shahrida tug'ilgan. Bu aktyor oilada eng katta farzand bo'lib, uning bir ukasi va bir singlisi bo'lgan.
Isamat Ergashev yoshligidan aktyorlikka qiziqqani bois, ota-onasining qarshiligiga qaramasdan, maktabni tamomlagach Toshkentga kelgan hamda, Toshket teatr va rassomchilik san'ati oliygohida tahsil olgan. U ushbu oliygohda o'qish bilan birga, qilichbozlik sport turi bilan ham shug'ullangan.
Oliygohni tamomlagach hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. Keyinchalik esa O'zbek davlat drama teatrida ham bir necha yil ishlagan.
1972-yilga kelib aktyor teatrni butunlay tark etgan va o'z faoliyatini kinoaktyor sifatida davom ettirgan.
Ismat Ergashevni xalqqa tanitgan roli bu "Mehrobdan chayon" filmidagi Anvar obrazi bo'lgan. Aynan shu roli bilan u, nafaqat O'zbekistonda balki O'rta osiyodagi davlatlar orasida katta mashhurlikka erishgan.
Aktyor o'z faoliyati davomida bugungacha "Sevgi afsonasi","Yettinchi jin", "Begona bahor", "Osiy banda" va "Mergan militsiya" kabi 40 oshiq filmlarda ishtirok etgan.
Bundan tashqari u rejissyor sifatida "Temir xotin","Sharif-Marif" va "Amir Temur" kabi 20 ga yaqin, bizga tanish filmlarni suratga olgan.
Isamat Ergashev san'at sohasidagi o'zining ko'p yillik xizmatlari sabab "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" hamda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat hodimi" unvonlari bilan mukofotlangan.
Aktyorni shaxsiy hayoti haqida: Isamat Ergashev birinchi marta ko'pchiligimizga tanish aktrisa Dono Boboxonova bilan oila qurgan.
Ular bir necha yillik turmushlari davomida bir o'g'il va ikki qiz farzandli bo'lishgan. Keyinchalik bu juftlik ajrashgan.
Aktyor ikkinchi marta Oltinoy ismli qizga uylangan. Bugungi kunda ularning ikki o'g'il va ikki qiz farzandlari va o'ndan oshiq nabiralari bor.
Bugungi kunda 75 yosh arafasidagi Isamat Ergashev o'zining aktyorlik va rejissyor faoliyatini davom ettirib kelmoqda.