• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 28 » ​Iroda Ismoilova: "Hech qaysi ansambl meni ishga olmayapti"
17:12
​Iroda Ismoilova: "Hech qaysi ansambl meni ishga olmayapti"

"Darakchi” gazetasining "10 qaltis savol” loyihasi mehmoni "Tovus” raqsini mahorat bilan ijro etib muxlislar qalbidan joy egallagan raqqosa Iroda ISMOILOVA...

San'at sohasida har bir ijodkorning o‘z davri bo‘ladi. Sizning davringiz qaysi raqqosaning "tugashi”ga to‘g‘ri kelgan va ma'lum vaqt kamnamo bo‘lib qolganingiz qaysi hamkasbingizga yo‘l ochib berdi?

— Ijod boshlaganimda raqqosalar Saida Mansurxo‘jayeva, Sug‘diyona Isroilova nafaqaga chiqish arafasida edi. Aslida ham raqqosalarning sahnadagi "umr”i qisqa bo‘ladi. Lekin har kimning o‘z davri bo‘lishiga qaramay, ijodkorni yana qayta kashf etadigan ikkinchi "nafas” bo‘ladi. Oila bilan band bo‘lib, kamnamo bo‘lib qolganimda esa Zarina Ahmedova, Parizoda, Shodiyora Omonova, Dilorom Madrahimovaga ko‘proq yo‘l ochildi.

Iroda Ismoilova "Ofarin” raqs ansamblini o‘z xohishi bilan tark etganmi yo?..

— Aniq kun tartibi bo‘lmagani bois tinimsiz ishlardik. Natijada birinchi homilam nobud bo‘lgan. Yarim yildan so‘ng esa ikkinchi bor homilador bo‘lganimni bilgan kunimoq ansambldan o‘z xohishim bilan ketganman. Qizim tug‘ilgach, dunyoqarashim butunlay o‘zgardi. O‘g‘lim dunyoga kelganida-ku umuman san'atga qaytgim kelmadi. Boisi, o‘g‘lim onasi bilan faxrlanishi kerak. "Onang o‘yinchimi?” degan gapni eshitishini istamayman. Biroq ustozlarim Qodir Mo‘minov, Gulmira Shirinova "Siz shunday raqqosa bo‘lingki, farzandlaringiz siz bilan faxrlansin!” deyishdi. Shundagina san'atga qaytdim. "O‘zbekiston” ansamblida ishlayotgandim, farzandlarim betob bo‘lavergach, u yerda ham uzoq ishlay olmadim.

O‘zbekiston xalq artisti Ma'mura Ergasheva "Xususiy ansambllar ko‘payib ketdi. Ularning maqsadi to‘ydan pul topish”, degandi. Professional raqqosaligingizdan kelib chiqsak, nega aynan "Parizod” raqs ansamblini tanladingiz va nima sabab uni tark etdingiz?

— Parizoda "Opa, "Iroda Ismoilova "Parizod” raqs ansamblida ishlayapti” degan shov-shuv bo‘ladi”, dedi. Ishni nimadandir boshlash kerak-ku, rozi bo‘ldim. Biroq hamkorligimiz to‘rt oyga ham bormadi, vaqti kelgan ekan, yo‘llarimiz ayro tushdi.

Iroda Ismoilovani O‘zbekiston xalq artisti Ma'mura Ergasheva sahnalashtirgan "Tovus” raqsi, xonanda Oybek Hamroqulovning "Sohibqironim”i bilangina eslashadi. Nega "Tanovar”, "Munojot” kabi qator-qator kuylar yangraganda Mukarrama Turg‘unboyevani eslashganidek, sizning xotirlanadigan umrboqiy raqslaringiz yo‘q?

— "Ofarin” raqs ansamblidagi o‘n yillik mehnatim davomida yakkaxon raqs bilan chiqaman, degan fikr xayolimga ham kelmagan ekan. Lekin ikkita bo‘lsa-da, Iroda Ismoilovani eslatib turadigan raqslar bor. Yutuqlari qator-qator raqqosalar bor, biroq ularning hatto ismini ham bilishmaydi. Hozir davrini surayotgan Parizoda, Shodiyora Omonova, Zarina Ahmedova, Muhabbat Qurbonovani eslatadigan qaysi yakkaxon raqsi bor? Ular faqat kliplar orqaligina yodga tushadi, xolos.

Hozir Tamaraxonim, Qunduz Mirkarimova, Galiya Izmailova, Isoxor Oqilov singari ustoz san'atkorlar sahnalashtirgan raqslardan foydalaniladi. Bugun davrini surayotgan raqqosalarning ham sahnalashtirgan biror raqsi kelajak avlodga qolarmikan?

— Haqiqatda izlanish yo‘q. Baletmeystrlar ham biror tadbirda ko‘rib, yoqtirgan raqs harakatini o‘ziniki qilib oladi. To‘ylarda ham raqqosalar bir xil dastur asosida ishlaydi, hatto liboslari ham farq qilmaydi. Ularga o‘z yo‘nalishingni top, degim keladi. O‘zini hurmat qilgan ijodkorgina o‘z ustida ishlaydi. Siz sanagan professional ijodkorlarni esa o‘z "men”i bo‘lgan.

Mahorati sizdan ustun bo‘lgan tengdosh raqqosani sanab bering...

— Kimnidir kimdandir ustun qo‘ya olmayman, boshqacharoq javob beraman. Parizoda ijod bilan bir qatorda, tashqi ko‘rinishga urg‘u berib, qo‘g‘irchoq imidjini yaratib olgan va bu Parizodaga yarashadi, undan go‘zal raqqosani hali ko‘rmadim. Muxlislar "Iroda chiroyli ayol-da”, deb emas, "Professional raqqosa-da!” deb gapirishlari uchun hech qachon tashqi ko‘rinishimga urg‘u bermaganman va maqsadimga yetdim. Muhabbat Qurbonova ko‘p qirrali professional raqqosa. Vodiy yo‘nalishidagi raqslarda esa Malika Qurbonovaga yetadigani yo‘q.

Konsert va xalq xizmatlaridagi ishtirokingiz uchun ancha katta narx so‘raysiz. Bu o‘zingizga yuqori baho berish emasmi? Nahotki, muxlisning sharoitini inobatga olmaysiz?

— Aslida raqs san'atini u qadar qadrlashmaydi. To‘ylarga aytgan narxiga yugurib boraversak, qadr tushunchasi qayerda qoladi? Haqiqiy san'at doim yuqori baholangan. Asl narsalar qimmat bo‘ladi, nusxasi esa arzon. Tanlov esa xaridorda qolgan gap.

2011 yil turmushga chiqqaningizdan keyin ijodingiz to‘xtadi. Tarozi pallasini teng ushlolmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

— Aslo! Ijodni 15 yoshda boshlaganman. 19 yoshimda Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova kabi yetuk san'atkorlar bilan ishlaganman. YAqinda Ozodbek Nazarbekov "Irodaxon, men hali tanilmasimdan siz Iroda Ismoilova edingiz. O‘shanda qo‘shig‘imga chaqirsam, raqs tushib berarmikan?” deb o‘ylagandim”, deb qoldi, etim jimirlab ketdi. Shukr, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Alisher Fayz, Botir Qodirov, Shahzoda kabi o‘z "men”iga ega xonandalar bilan ham hamkorlik qilishga ulgurganman. Bitta raqqosa erishishi mumkin bo‘lgan hamma yutuqlarni ko‘rib bo‘ldim, ijro etmagan raqsim qolmagan. Bundan ortiq yana nima bo‘lishi mumkin? Yangilik bo‘lmasa, ketma-ket konsertlarda chiqaverishdan nima naf?! To‘g‘ri, muxlislar "Nega ijod qilmayapsiz?” deb dakki berishadi. Ochig‘i, hech qaysi ansambl meni ishga olmayapti-ku! San'atda o‘rnim bor, lekin ishlayman, desam joy yo‘q. Imkon berishsin, ishlashdan qochmayman.

Ustozingiz Karima Uzoqova "Toshkent zebolari” ansambliga qayta-qayta ishga chaqirgan, lekin ishga bormagan ekansiz-ku?

— "Toshkent zebolari” ansambli, deganda Muhabbat va Malika Qurbonovalar yodga tushadi. Men kimningdir o‘rnini egallashni istamayman, shu bois ansamblga bormadim. Aslida-ku, Karima Uzoqova ulardan avval mening ustozim bo‘lgan.Maxsus savol:

Karima Uzoqova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

— Kimlarni ustozlarim, deya tan olasiz?

— Har bir baletmeystrdan nimadir o‘rganganman. Kamida o‘n nafar ustozni ko‘rganim, bu — mening yutug‘im. Iroda Ismoilova bo‘lishimda, onam — "Bahor” raqs ansambli raqqosasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matluba Abdullakova, otam — "Shodlik” raqs ansambli raqqosi Ismoil Abdullakovning xizmati katta. Ilk ustozim Roziya Karimova, qosh bilan ishlashni shu insondan o‘rganganman. Ijodimda o‘chmas iz qoldirgan ustozlarim bu siz — Karima opa, Ma'mura Ergasheva, Qodir Mo‘minov, O‘g‘iloy Muhamedova. Sizlarni yo‘qlab turadigan munosib shogird bo‘lolmagan bo‘lsam, uzr so‘rayman!
Категория: Har-Hil | Просмотров:3587 | Добавил: Admin | Теги: ​Iroda Ismoilova: Hech qaysi ansamb | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930