• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 234
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 168
Гостей: 168
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 8 » Iqbol Mirzo shoir Abdulla Oripov xotirasiga marsiya yozdi
20:41
Iqbol Mirzo shoir Abdulla Oripov xotirasiga marsiya yozdi

Bugun, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning vafot etganiga 3 kun bo‘ldi. Shu vaqt ichida buyuk shoir,O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifini eslab qator shoirlar u haqidagi xotiralari, unga atab yozgan she'rlari bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali o‘rtoqlashishdi.
 
Shoira Farida Afro‘zning Abdulla Oripov xotirasiga yozgan she'ridan so‘ng, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ham ustoz shoir xotirasiga atab yozgan qasidasini Facebook’dagi sahifasi orqali chop etdi.
 
Shoir vafotiga
Bu yil og‘ir keldi O‘zbekistonga,
Sadafdek durlarim to‘kildi qator.
Chig‘atoytepaga shudringdek tomgan,
Hali qurimagan ko‘zyoshlarim bor...
 
Alvido, muhtaram Abdulla Orif!
Garchi ajal bermas hech kimga omon.
Vale shoirsiz el g‘aribdan g‘arib,
Shoirga tosh otgan millat – olomon.
 
G‘iybat qilib to‘kdik gunohingizni,
Sizdan qolgan maydan mayda xo‘plashib.
Muhtasham hayotdan bezdirdik Sizni,
Goh yakka tartibda, ba'zan ko‘plashib.
 
Kimdir qayta-qayta topar asolar,
Uni kosov qilar boshqa g‘o‘r banda.
Ha, kazo-kazolar va hokazolar
Hushyor tortar edi Sizni ko‘rganda.
 
Siz bilan yuzma-yuz qolsak nogahon,
Yodga solardingiz kimligimizni.
Kecha ne sababdan edigu biyron,
Bugun ne sababdan jimligimizni.
 
Rost so‘zni aytmoqlik mushkulligi rost,
Go‘zal oh tortmoqqa yurak kerak, oh!
Tafakkur shiddati Navoiyga xos,
Temurbekka oid bu qattiq nigoh.
 
Bol tomizib maqtab asarlarini,
Shoirni bundayroq ko‘rguvchilar bor.
Tutun purkab haydab asalarini,
Asalni o‘ymoqlab urguvchilar bor...
 
Oqibatni o‘ylab chekdingiz alam,
Gina, o‘kinchingiz beg‘araz tamom.
Maqsadingiz – zavol topmasin olam,
Odamga yarashsin inson degan nom.
 
Sizga oshno bo‘ldim bolalik kezdan,
Sizdan ranglar oldim so‘zimga ayon.
El qatori qarzdor edim men Sizdan,
O‘zimning armonim o‘zimga ayon...
 
Bahri muhit to‘lqin urar yolvorib,
Yulduzlar yo‘l qarar javdirab ilhaq.
Mendan rozi bo‘ling, Abdulla Orif,
Sizdan rozi bo‘lsin Hokimi mutlaq!
 
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Oripov 5 noyabr kuni AQSHning Xyuston shahrida vafot etdi. U bugun, 8 noyabr kuni Toshkentdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilishi kerak edi. Biroq, noma'lum sabablarga ko‘ra, dafn marosimi qoldirildi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2441 | Добавил: Admin | Теги: Иқбол Мирзо шоир Абдулла Орипов хот | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь