• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 709
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 34
Гостей: 34
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Aprel » 15 » Internetning tezligi “hamma yotib olgani” uchun sekinmi yoki “tekin bo‘lgani”danmi?
20:23
Internetning tezligi “hamma yotib olgani” uchun sekinmi yoki “tekin bo‘lgani”danmi?

Karantin sababli bugun hamma uyda. Kimdir televizor ko‘rgan, yana kimdir kitob o‘qigan va yana kimdir uy ishlari bilan band. Ammo bu paytda ko‘pchilik internetga murojaat qilishi tabiiy. So‘nggi yangiliklar bilan tanishish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari bilan suhbatlashish uchun va yana boshqa talablardan kelib chiqib, bu talab yuzaga chiqadi. O‘zbekistonda karantin rejimi e’lon qilingach, aholiga qulaylik yaratish maqsadida internet tarmoqlaridan foydalanish bepul etib qo‘yildi. 

Bu yaxshi, ammo ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotgan bir holat bor – uning tezligi. Hatto mobil aloqa internet xizmatlari talabga javob bermayotgani haqida ham e’tirozlar paydo bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ayrimlari bunga internetning ma’lum muddat tekin qilib qo‘yilganini sabab qilib ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ayrimlar karantin sabab barcha internetda "yotib olgani” bilan izohladi.

Bugun, 15 aprel kuni AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda qatnashgan AKT vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov bu bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Bugungi kunda operator va provayderlarning murojaatlarni qabul qiluvchi "koll-sentr"larda jami 650 dan ortiq xodim faoliyat yuritmoqda. 

Texnik xizmat ko‘rsatish brigadalarida 1000 dan ortiq malakali mutaxassis ishlamoqda. Ular 300 dan ziyod avtotransport bilan hamda zarur texnika va himoya vositalari bilan ta’minlangan. 
Karantin davrida operator va provayderlar tomonidan yangi abonentlarni ulash ishlari to‘xtatilmagan”, dedi Sherzod Ahmatov.

Ta’kidlanishicha, mobil aloqa operatorlari tomonidan 302 tadan ortiq baza-stansiya internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun modernizatsiya qilingan.

"Karantin davrida foydalanuvchilar tomonidan internet trafikdan foydalanish hajmi sezilarli darajada ortayotgan holatda tarmoqning ishonchli ishlashini ta’minlash uchun zarur texnik va tashkiliy choralar ko‘rilmoqda”, dedi AKT vazirligi matbuot kotibi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:704 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930