• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Aprel » 25 » Indoneziya prezidenti g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini rasman cho‘kib ketgan deb e’lon qildi
21:00
Indoneziya prezidenti g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini rasman cho‘kib ketgan deb e’lon qildi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo rasman KRI Nanggala-402 suvosti kemasini Bali dengizida halokatga uchragan deb e’lon qildi va ekipaj a’zolarining oilalariga hamdardlik bildirdi, deb yozadi "Kommersant”.

Kema bortida 53 kishi bo‘lgan. KRI Nanggala-402 21-aprel kuni o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida aloqaga chiqmay qo‘ygandi.

"Armiya va flot KRI Nanggala-402 suvosti kemasining maqomini ‘aloqani yo‘qotdi’dan ‘cho‘kib ketdi’ga o‘zgartirdi. Butun Indoneziya xalqi fojia yuzasidan chuqur hamdardlik izhor etadi”, — dedi Joko Vidodo jurnalistlarga.

KRI Nanggala-402 suvosti kemasi 21-aprelda Bali oroli yaqinidagi torpedolarni chiqarish bo‘yicha harbiy o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida yo‘qolgan. Kema bortida 53 nafar odam bo‘lgan. Keyinchalik AQSh Indoneziyaning g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini qidirish uchun aviatsiya yuborishi, bedarak yo‘qolgan suvosti kemasida kislorod tamom bo‘lgani haqida xabarlar berilgan. Sodir bo‘lgan voqeaning kelib chiqish sabablari yuzasidan rasmiy taxminlar bildirilmagan.

Keyinroq Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari suvosti kemasidagi buyumlar topilgani, 53 nafar ekipaj a’zosining hammasi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 24-aprel kuni Indoneziya Harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i suvosti kemasining bo‘laklari, taxminan, 850 metr chuqurlikdan topilgani haqida xabar berdi. Kema 500 metrgacha chuqurlikka tushish uchun mo‘ljallangan edi. KRI Nanggala-402 1981-yilda Germaniyada qurilgan, 2011-yilda esa modernizatsiya qilingan edi. Bu Indoneziya Harbiy-dengiz kuchlari arsenalidagi beshta shunday kemadan biridir.
Категория: Har-Hil | Просмотров:411 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930