• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 25
Гостей: 25
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » Ilon Mask: Space X o‘ta og‘ir raketalar uchun suzuvchi yirik kosmodromlar qurmoqda
09:03
Ilon Mask: Space X o‘ta og‘ir raketalar uchun suzuvchi yirik kosmodromlar qurmoqda

3Dnews saytida Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan okeanlarda joylashtiriladigan yirik suzuvchi kosmodromlar qurish rejasi haqidagi maqola e’lon qilindi.

Ilon Maks tomonidan 2002-yilda asos solingan SpaceX kompaniyasi o‘ta og‘ir raketalar sinfiga mansub bo‘lgan Starship raketasini suvga qo‘ndirishni reja qilayotgani sir emas. Bu haqidagi ilk bora tilga olinishi – janob Maskning 2017-yil oktabrida qilgan chiqishida SpaceX’ning Marsda shaharlar qurib, u yoqqa millionlab odamlarni joylashtirish haqidagi rejasini gapirib berganida paydo bo‘lgan edi.

O‘sha taqdimotda Starship videosi namoyish qilingan bo‘lib (o‘sha paytda loyiga Big F-ing Rocket deb nomlanardi), unda yo‘lovchilar Nyu-York yaqinidagi okean platformasidan parvoz qilib, keyin esa 39 daqiqadan so‘ng Shanxay yaqinidagi yana shunga o‘xshash platformaga qo‘nadi.

Shunga qaramay, start platformalarini amalda qurish rejasi o‘tgan haftagacha ham kuch yetmasligi sababidan go‘yoki yillar davomida ortga surib boriladigandek taassurot uyg‘otayotgan edi. Lekin hozirda mazkur aerokosmik kompaniya operativ dengiz raketa kompleksini loyihalash va qurish ishlarida qatnashishi kerak bo‘lgan ikkita muhandis ish o‘rni vakansiyasini e’lon qildi.

Bu vakansiyalarning birortasida Starship haqida gap bormaydi. Lekin ularning har ikkisi Braunsvillda (Texas shtatida) joylashgan bo‘lib, bu shahar shtatning janubi-g‘arbiy chekkasidan g‘arbga tomon taxminan 30 daqiqalik masofada joylashgandir. Aynan shu joyda, Boka-Chik qishlog‘idagi kosmodromda, SpaceX kompaniyasi Starship raketalarining prototipini yasab, sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu vakansiyalar haqida jurnalistlar boxabar bo‘lishganidan so‘ng Ilon Mask o‘z tivitlaridan birida "SpaceX Mars va Oyga uchishga hamda Yer atrofida gipertovush tezlikdagi sayohat qilishga mo‘ljallangan o‘ta og‘ir tasnifli suzuvchi kosmik portlar qurmoqda”, deb izoh bergan.

Okean platformalaridan parvoz qilish konsepsiyasi yangilik emas. Masalan "Dengiz starti” kompaniyasi ilk bora 1999-yilning martida Atlantika okeanidagi platformadan orbital sinfga mansub "Zenit” raketasini uchirgan (avvallari bu kompaniya Boeing tomonidan boshqarilgan, hozirda esa Rossiyaga qarashli xususiy kompaniyaga tegishlidir).

SpaceX’da okean platformasidan parvoz qilish tajribasi yo‘q bo‘lsa-da, lekin kompaniya start sistemasining eng qimmat qismi bo‘lmish birinchi bosqich tezlatkichlarining qirqtaga yaqinini shu singari suzuvchi platformaga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu tezlatkichlar keyinchalik qayta tiklanadi va qayta ishlatiladi. Shu tariqa SpaceX millionlab dollarlarni tejab qoladi. Shuningdek "Dengiz starti” o‘ta og‘ir tasnifdagi, ayniqsa, qaytadigan raketalarni uchira olmasligini eslatib ham o‘tgan.

SpaceX yaqindagina Starship vositasida NASA’ning Oyga odam eltish borasidagi shartnomasini yutib oldi. Kompaniya, shuningdek, 2023-yilda Yerning tabiiy yo‘ldoshiga yapon milliarderi Yukasu Meazavuni, 2024-yilda esa Marsga ilk odamlarni ham yetkazib qo‘ymoqchi. Bu rejalarni Ilon Mask 4-iyun kuni tasdiqlagan.

Bundan tashqari, kompaniya Starship yordamida yuqori tezlikdagi qit’alararo parvozlarni tashkillamoqchi. "Yo‘lovchilarni tashiydigan tijorat safarlaridan avval ko‘p bora test parvozlari amalga oshiriladi”, deb yozgan Ilon Mask seshanba kuni. "Yer-Yer yo‘nalishidagi dastlabki sinov parvozlari 2-3 yildan keyinoq amalga oshirilishi mumkin”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:458 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь