• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 20 » Ilhom Aliyev ham Moskvadagi paradga bormaydigan bo‘ldi
09:56
Ilhom Aliyev ham Moskvadagi paradga bormaydigan bo‘ldi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 24 iyun kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etmaydi. Bunga COVID-19 koronavirus pandemiyasi avj olayotgani sabab bo‘ldi.

Ozarbayjonda koronavirusga chalinish holatlari ortib boryapti. Shu sababdan mamlakatda karantin rejimi 1 avgustgacha uzaytirildi.

Aliyev Putin bilan telefon muloqoti vaqtida karantin muddati uzaytirilgani uchun paradda ishtirok etolmasligini va bundan afsusda ekanini bildirgan.

Moskvaga Prezidentning o‘rniga Mudofaa vaziri Zokir Gasanov va 75 nafar harbiy boradi.

19 iyun kuni Ozarbayjonda koronavirusga chalinganlar soni 438 nafarga oshgan. Jami kasallikka chalinganlar soni 11 767 nafarga yetdi. Ularning 143 nafari vafot etgan va 6 325 nafari sog‘aygan. Kasallik 5 299 kishida aktiv bo‘lib turibdi. Ularning 66 nafari og‘ir ahvolda.

Avvalroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham Moskvadagi paradda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda va Ozarbayjonda koronavirus aniqlangunga qadar joriy yilning 15-16 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyeva rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgan edi. Biroq tashrif koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkazilishi, ikki davlat rahbarlari poytaxt Toshkentda barpo etilayotgan Haydar Aliyev nomidagi bog‘ning ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:499 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь