• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi “poyga maxluqi”
19:32
Ikkita motor, olti g‘ildirakka ega 40 yil oldingi “poyga maxluqi”

Avtosport dunyosi bir qarashda ko‘rinishi mumkin bo‘lgandan ko‘ra ancha qiziqroq. Hech bo‘lmaganda, u yerda oddiy fuqarolarga mo‘ljallanmagan texnik yechimga ega modellar sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar qiladi Carakoom.

Bunga 1980-yillarning oxirida Yangi Zelandiyada yaratilgan olti g‘ildirakchi ralli avtomobilini misol qilib keltirish mumkin. Model oddiy Mazda 323 bazasida yaratilgan bo‘lib, noma’lum muhandis tomonidan uning old qismiga bir juft g‘ildiraklar qo‘shilgan. Bu mashinani faqatgina boshqarish qulay bo‘lishi uchun qilinmagan.

Avtomobil suratlaridan ko‘rish mumkinki, odatda old o‘rindiqlar va rul chambaragi joylashadigan qism bo‘m-bo‘sh. Gap shundaki, haydovchining o‘rni biroz orqaga surilgan — standart xetchbekning orqa qatori o‘rniga.

Bunga old o‘rindiqlar o‘rnida ham yana bir dvigatel joylashgani, modelga ikkita motor o‘rnatilgani asosiy sabab. Ularning har biri o‘zining bir juft g‘ildiragini harakatga keltiradi. Motor bo‘lganda ham oddiy emas, har biri 280 ot kuchiga ega Mazda RX7 rotorli motorlari o‘rnatilgan.

Uzatmalar qutisi ham Mazda RX-7 modeliniki. Uzatmalar qutisi ham ikkita bo‘lishi yoki boshqa bir usul bilan sinxronlashtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Biroq bu haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ushbu konstruksiya odamda ishonch va umid uyg‘otmaydi. Axir ikkita dvigatel — 2 karra muammo degani. Shuningdek, ichki yonuv dvigatellarini sovutish masalasi ham bor. Suratlarda esa qo‘shimcha havo aylantirgich ko‘rinmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:578 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031