• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 15 » Ikki xonandaning hayot, qo‘shiq, oila va bolalar haqidagi 10 farqli qarashi
13:07
Ikki xonandaning hayot, qo‘shiq, oila va bolalar haqidagi 10 farqli qarashi

Lola AHMEDOVA, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda. 

Birinchi omad — prodyusserim onam ekanligi! Chunki san'atda prodessyur izlab qiynalmadim, aldanmadim. Keyin san'atkor ijodida birinchi ijro ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ilk qo‘shig‘im — «Yolg‘on so‘zlab...» bilan elga tanildim. Davralarda sho‘x qo‘shiqlar yangrab turganida, og‘ir bo‘lsa ham, shu ashulamni kuylab berishimni so‘rashganlaridan, viloyatlarga xizmat safarlariga borganimizda xat yozib, iltimos qilishlaridan bilganmanki, ilk qadamim omadli kechgan. 

Qulaylikmi yo go‘zallik? Oxirgi paytlarda oddiylikni ma'qul ko‘rayapman. Kiyinishimdan tortib hayot tarzimgacha. Bezaklar, hashamdor liboslar, turmaklardan charchaganman. Ayniqsa, ikkinchi o‘g‘lim tug‘ilgach, vaqtimni qizg‘anadigan bo‘ldim. Ko‘p narsaga ulgurishim, sog‘ligimni asrashim kerak. Urfga mos kiyinishni yaxshi ko‘raman-u, lekin tanlovga duch kelsam, qulayini tanlayman. 
Boshqalarning fikri bilan avvalari ko‘p hisoblashardim. Hozir hayotga bo‘lgan qarashlarim o‘zgargan. To‘g‘ri, elning nazarida bo‘lganim uchun odamlarning fikriga quloq tutishim kerak. Ammo kimgadir yoqish uchun o‘zimga yoqmagan ishni qilishga majburmasman. Bora-bora har bir insonning o‘z tanlovlari borligini, hamma o‘zi uchun yashashi va o‘zi uchun javob berishini tushunib yetarkansiz. San'atkor bo‘lganimizdan keyin, yaxshimizmi-yomonmizmi, muhokamaga mahkummiz. Kimlarningdir men haqimdagi salbiy fikrlaridan ta'sirlanmayman. Vijdonim va yaqinlarim oldida yuzim yorug‘ligi muhimroq men uchun.

Yig‘latguvchi qo‘shiq. Oxirgi marta Shuhrat Daryoning jonli ijrodagi konsert dasturiga tushib yig‘ladim. Hozir aniq nomini eslolmayman, muhabbat haqidagi taronalaridan biridan juda ta'sirlandim. Juda chiroyli, so‘zi ham, kuyi ham yurakka yetib boradigan qo‘shiq edi. 

Muhim vazifa — farzandlarimni sog‘-omon ulg‘aytirish. Kichkinam Muhammadali hali to‘qqiz oylik. Ijodiy faoliyatdan to‘xtamagan bo‘lsam-da, baribir, e'tiborimning katta qismi kenjatoyimga qaratilgan. Biror soatga uydan uzoqlashsam, tagi quruqmikan, qorni to‘qmikan, deb o‘ylayveraman. Ijodda ham sekin-sekin faollasharman. Hozir bolalarimning parvarishi muhim. Chunki ular bizning kelajagimiz. 

Tengdoshlar. Botir Qodirov, Alisher Fayzning ijodi yoqadi. Sevara Nazarxonni tinglayman. Olis safarga otlanganimda yo‘lda Gulsanam Mamazoitovaning og‘ir qo‘shiqlarini eshitaman. Uzoq yo‘lda bilinarkan, ovozning kuchi, qo‘shiqning saviyasi. Hilola Hamidovaning «Muhabbat baxti» degan qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘raman, mana shu qo‘shiq menda bulganda edi, deya havas ham qilganmagn. «Endi meni qalbima muhabbat o‘t yoqmaydi, Yuragimda bir tosh bor, erimaydi, oqmaydi». Hilolaga ham aytganman, «Shu qo‘shig‘ingiz juda chiroyli chiqqan», deb. Yoshlardan Ziyodaning ijodi yokadi.

Uyalish... Surxoncha ashulam bor — «Bo‘z bola». Shevada kuylangan, «jo‘q», «enang» degan so‘zlari bor. Ilk bor kuylaganimda rosa uyalganman va kulib-kulib aytganman. Mening yo‘nalishimmas-da shevada kuylash. Hosila opa, Mahmud aka aytsa, zavqlanib tinglardim. Yana qozoq tilida qo‘shiq kuylashga ham tortinganman. Tilingiz kelishib ketguncha shunaqa bo‘ladi o‘zi.

Oila. Bir aforizm bor, baxt sukunatni yaxshi ko‘radi, degan. E'tibor bersangiz, men oilam haqida hadeb gapiravermayman. Ko‘z, nazar degan gaplar bor. Doimo yaxshi narsalarimni, ya'ni baxtimni asrashga harakat qilaman. 

Bolalar. Ularga avvalombor havas qilaman. Chunki ular tinch va baxtli zamonning farzandlari. Beg‘ubor, beg‘am davrlarini yashashayapti. Menda baxtli bolalik bo‘lmagan. Qiynichilik, onamga yordam berish bilan bolaligim o‘tgan. Shungami, bolalarim yaxshi sharoitda o‘sishini va bilim olishini istayman. Dadasi ikkimiz doim shunga harakat qilamiz. YAqinda Islombek uyimiz yonidagi do‘kondan non olib chiqdi. Uning katta bo‘lib qolganini ko‘rib, xursandligimdan ko‘zim yoshlandi.

Ayni paytda... Yaxshi ma'murim bo‘lishini istayapman. Onamni charchatib qo‘yishni xohlamayman, avaylayman, hatto kichkinamga darrov enaga yolladim volidamni qiynamay deb… Besh farzandmiz, hammamiz uchun yonib-kuyadilar. Shun kunlarda oilamizda shirin tashvishlar boshlangan, ya'ni ukamni yaqinda uylantiramiz.

Bir ayol baxtli bo‘lishi uchun nimaiki kerak bo‘lsa, shukr, hammami bor menda. Tinch, osoyishta yurtda yashayapmiz, shu sabab ham o‘zimni judayam baxtli inson deb hisoblayman! 

Gulasal ABDULLAYEVA, Nihol mukofoti sovrindori, xonanda. 

Birinchi omad — Qiz bola bo‘lib dunyoga kelganim va menga ovoz berilgani. Birinchi qo‘shig‘im «Jafolaring» katta yoshdagilarga yoqqan-u, ammo juda ommalashmagan. «Ko‘chalarga suv sepsam» ham hammaning e'tiboriga tushmadi. «Taq-tuq» esa tinglovchilarga tez yod bo‘lib ketdi. So‘zlari oddiy, esda qolarli bo‘lgani uchun menimcha. Eng qizig‘i, yosh bolalar yaxshi ko‘rishadi. «Bolam muxlis shu qo‘shiqqa», «Nevaramga yoqadi» deyishadi ayollar. 

Qulaylikmi yo go‘zallik. Men oddiylik tarafdoriman. Ammo sahna baland poshna, juda chiroyli liboslarni talab qiladi. Shungami, ko‘chaga, o‘qishga kiyadigan kiyimlarimning oddiy va qulay bo‘lishiga e'tibor qarataman. 

Boshqalarning fikri. San'atga endi kirib kelganimda, gap-so‘zlardan juda ta'sirlanardim. Instagrammga rasm qo‘ysam, har doim yaxshi gaplar yozishganiga o‘rganib qolgan ekanmanmi, bir marta noma'qul izohlar qoldirishganida rosa yig‘lagandim. O‘shanda prodyusserim Said aka «Darrov yig‘lab, ko‘z yosh qilma. Kulib, yo‘lingda davom etishni o‘rgan», degandi. Gap-so‘zlarni jim turib yengishni o‘rganayapman. Boshqa masalalarda atrofimdagilarning fikrini tinglayman. O‘zimniki to‘g‘ri deb, qaysarlik qiladiganlardanmasman. Qarama-qarshi fikrlarni doim tahlil qilib, keyin bir qarorga kelaman. Qolaversa, meni nazorat qilib, himoya qiladigan yaqinlarim, ustozim bor. Ijod qilish uchun poytaxtga otlanganimda gap-so‘zlarni o‘ylab, onam biroz ikkilangandi. O‘shanda dadam «Men senga ishonaman», deya oq fotiha bergan. Qayerga bormay, shu so‘z quloqlarim ostida va men bu ishonchga xiyonat qilmayman. 

Yig‘latguvchi qo‘shiq. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyevaning «Ona, men keldim, degin» qo‘shig‘ini har eshitganimda yig‘layapman. Samarqandga festivalga borganimizda Yulduz opa bilan bir xonaga joylashdik. Kechqurun «Gulasal, bir qo‘shiq yozdim, hali yangi, eshitib ko‘rasanmi?» dedi. Tinglayapman-u, ko‘z yoshlarimni to‘xta olmayapman. Onam Namanganda. Men o‘qish, ijod bilan bo‘lib, tez-tez borolmayman. Sog‘inch hissi doim ko‘zlarimga yosh qalqitadi.  

Muhim vazifa. Oldimga qo‘ygan maqsadlarim, bajarishim kerak bo‘lgan ishlarim ko‘p. Talabalik, farzandlik burchlarini ado qilishim kerak.  Ijodimni boyitishim lozim. Hozir ko‘proq shunga e'tibor qaratayapman. Men ancha pishiq va mehnatkash qizman. Maktabda o‘qib yurganimda, har kuni o‘qishdan so‘ng qo‘shni qishloqqa musiqa maktabiga qatnardim. Piyoda 40 daqiqalik yo‘l edi. To‘rt yil davomida qishning sovug‘ida ham yayov borib-kelardim. Chunki oddiygina oilaning qiziman, yo‘lkiraga ortiqcha pul sarflashni istamasdim. Qarorim esa qat'iy edi: san'atkor bo‘laman! 

Tengdoshlar. Men san'atda kenjatoyman-ku! Yosh jihatdan ham, tajriba tomonlama ham. Yangi chiqqanlardan Feruza opaning «Dastingdan» taronasi juda yoqdi.   

Uyalish... «Yorginamdan uyalaman» degan eski ashulani kuylaganimda obrazga kirib, qiz bolalarga xos andishani ko‘rsatib berishga harakat qilaman. Chin ma'noda esa ota-onamning oldida kuylashga uyalaman. Sevgi haqidagi qo‘shiqlarni ayta turib, dadamdan juda xijolat bo‘laman. Ilk bor poytaxtda to‘y xizmatiga chiqqanman. O‘shanda ham uyalib, ham cho‘chib, juda hayajonlanganman. 

Oila. Hali bu haqda aniq tassavurlarim yo‘q. Onam doim «Qiz bola nimaiki niyat qilsa, erishadi. Yaxshi oilam bo‘lsin, deb niyat qilgin», deydi. Men ham bunga ishonaman. Xonandaligim shaxsiy hayotimga soya solmaydi. Opalarim — Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdiyeva, Ziyodalar bilan doim birgamiz. Ularning san'atda ham, oilada ham baxt topganlarini ko‘rib, «Mana, risoladagidek oila bekasi ular, shirindan-shakar farzandlari bor», deya xotirjam tortaman.   

Bolalar. Men doim onalar va bolalarga talpinaman. Kichkintoylar jonu dilim. Prodyusserim Said akaning hovlisida yashayman. Ustozim meni qizim degan. O‘qishdan yo xizmatdan qaytsam, nevaralari «Ammajon» deya chopqillab chiqib, quchoqlab olishadi. Bolajonlar bilan bekinmachoq o‘ynab, dam olaman. Ertak aytishga ham ustaman. 

Ayni paytda... Zo‘r qo‘shig‘im bo‘lishini istayapman. Bir nechta yangi taronalar ustida ish boshlaganmiz, tezroq shularni kuylab, tinglovchilarga havola etishga shoshayapman. 


Категория: Har-Hil | Просмотров:1808 | Добавил: Admin | Теги: Ikki xonandaning hayot, qo‘shiq, oila va bolalar haqidagi 10 farqli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031