• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » “Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 75 foizdan ortig‘i koronavirus haqida xabardor
13:56
“Ijtimoiy fikr”: O‘zbekistonliklarning 75 foizdan ortig‘i koronavirus haqida xabardor

"Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi monitoring rejimida mamlakat fuqarolarining COVID-19 koronavirus infeksiyasi to‘g‘risida xabardorlik darajasini aniqlash va O‘zbekistonda koronavirus tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikrini o‘rganish maqsadida telefon so‘rovlarini o‘tkazdi.

Ikki bosqichda o‘tkazilgan tadqiqotda (I bosqich — 26-fevraldan 2-martgacha, II bosqich — 16—20-mart kunlari) mamlakatning barcha mintaqalarida yashovchi, 18 va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar, yoshlar va kattalar ishtirok etdi.

Telefon so‘rovi davomida aniqlanishicha, fuqarolarning 75,4 foizi koronavirus infeksiyasi to‘g‘risida yetarlicha, to‘la darajada xabardor, so‘rovning har beshinchi ishtirokchisi "nimalarnidir eshitganini, lekin batafsil bilmasligini” bildirgan.

So‘rov ishtirokchilarining aksariyat qismi (93,9 foizi) infeksiya havo-tomchi yo‘llari va kasallangan odam  tegingan predmetlar orqali yuqishidan xabardor bo‘lgan.

Koronavirus haqida xabarlarning asosiy manbasi televideniye bo‘lib qolmoqda — respodenlarning har ikkitadan bittasi (53,6 foizi) virusga oid ma’lumotlardan Milliy teleradiokompaniya dasturlari orqali boxabar bo‘lgan. 29,7 foiz respondent COVID-19 haqida ma’lumotlarni internetdan o‘qigan.

"O‘zbekiston OAVlarida koronavirus infeksiyasi haqida yetarlicha ma’lumot berilayaptimi?” degan savolga so‘rov ishtirokchilarining mutlaq ko‘pchiligi — 92 foizi ijobiy javob bergan.

Aniqlanishicha, ishtirokchilarning 68,1 foizi davlatning koronavirus infeksiyasidan ogohlantirish, uni aniqlash va kasallikning tarqalishiga chek qo‘yishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarini ijobiy baholaydi. 13,8 foizi esa ko‘rilayotgan choralar yetarli emas deb hisoblagan.

Mintaqaviy kesimda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fuqarolarning yuqori baholari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (85,7 foiz), Jizzax (81,3 foiz), Navoiy (81,3 foiz) va Sirdaryo viloyatlarida (76,9 foiz) aniqlangan, ushbu hududlarda ularning mintaqalarida zarur barcha chora-tadbirlar ko‘rilayapti, deb hisoblovchilar soni mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 55 kishiga yetgan. To‘rt bemorning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash bo‘yicha test tizimi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:542 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031