• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Ijaraga olingan davlat mulkidan karantin davrida foydalanmagan tadbirkorlar ijara to‘lovidan ozod etiladi
22:48
Ijaraga olingan davlat mulkidan karantin davrida foydalanmagan tadbirkorlar ijara to‘lovidan ozod etiladi

Davlat mulki obyektlarida ijara asosida faoliyat ko‘rsatib kelgan va karantin sababli faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlar ijara to‘lovidan ozod etiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘min Ibodov 25-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 25-martga qadar davlat mulki obyektlaridan ijara shartnomasi asosida umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelayotgan, ammo karantin sababli faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan tadbirkorlik subyektlariga 24-mart sanasidan boshlab foydalanilmagan davr uchun hech qanday ijara puli hisoblanmaydi.

Shuningdek, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni yumshatish maqsadida shu davrda investitsiya majburiyatlari bajarilishi kechiktirilgani uchun penya hamda jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uchun shartnomalar bekor qilinmaydi. Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishi muddatlari uzaytirib beriladi.

Bundan tashqari, davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha amalda bo‘lgan shartnomalarga asosan, xarid to‘lovlari o‘z vaqtida bajarilmasa, inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, muddat qayta ko‘rib chiqiladi.

Respublika komissiyasining topshirig‘iga ko‘ra, yuzaga kelgan karantin holatida aksiyadorlarga ham qulayliklar yaratib berish maqsadida xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlislari va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarini onlayn rejimda, masofadan turib ovoz berish orqali o‘tkazish tizimini 1 oy ichida joriy etish yuzasidan hozirda agentlik tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Mazkur imkoniyatlardan foydalanish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy tuzilmalariga murojaat qilish lozim.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari bilan +99871 2592258, +99871 2592138 raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 21-martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlari, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno), karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatildi. 24-martdan boshlab Toshkent shahri va viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopildi.

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi tuzildi va unga 10 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga kreditlar va soliqlar bo‘yicha bir qator yengilliklar taqdim etiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:546 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031