• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 22 » IIBB: Toshkentdagi kvartiradan o‘ligi chiqqan italiyalik jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan
22:34
IIBB: Toshkentdagi kvartiradan o‘ligi chiqqan italiyalik jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan

Toshkentning Mirobod tumanidagi kvartiradan jasadi topilgan italiyalik sayyoh Geno Jorjoning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkentning Mirobod tumanidagi ijaraga olingan kvartirada Italiya fuqarosi murdasi topilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlagan edi. Dastlabki xabarlarda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda xonadon eshigi buzilmagani, xonalardagi buyumlar tartibli turganligi, jasadda tan jarohatlari yo‘qligi ta’kidlangan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Geno Jorjo 9-fevral kuni Malayziyadan Toshkentga kelgan. Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u 10-fevral kuni Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili orqali Mirobod tumanidan 30 kunga ijaraga olgan kvartirasiga ro‘yxatdan o‘tgan.

Sayyoh 10-fevraldan buyon aloqaga chiqmaganidan xavotirlangan qarindoshlari yordam so‘rab Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga murojaat qilgan. Elchixona vakillari 16-fevral kuni yigit istiqomat qilgan kvartiraga kelgan, biroq eshikni hech kim ochmagan. Shundan so‘ng ular kvartira egasi hisoblangan ayol B.F.ni chaqirishgan va eshik ochilib, ichkariga kirilganida jasad topilgan.

Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazining Toshkent shahar filiali ma’lumotnomasiga ko‘ra, Geno Jorjo jasadi topilishidan bir necha kun avval vafot etgan. Kvartira egasi B.F.ning qayd etishicha, u 10-fevral kuni sayyoh bilan telefon orqali gaplashganida, Geno Jorjo mazasi bo‘lmayotganini aytgan, shundan so‘ng ular boshqa gaplashmagan. Uning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Qo‘shnilar B.F.ning kvartirasiga kim joylashganidan bexabar bo‘lgan, chunki ular hech qanday shubhali shovqinni eshitmagan, kvartiraga kimdir kirib-chiqqanini ham ko‘rmagan. "Italiya fuqarosining o‘limi bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:598 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829