• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 29 » Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qildi
15:15
Ichki ishlar vazirligi ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashinalar haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishini ma’lum qildi

Ichki ishlar vazirligi avtotransport vositalari harakati cheklanishi hamda ruxsatnoma stikeri bo‘lmagan avtomashina haydovchilariga qanday jazo qo‘llanishi haqida ma’lumot berdi.

"Avtotransport vositasidan foydalanish imkonini beruvchi stikerning orqa tomoniga Adliya vazirligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma ilova qilinadi. Mazkur stiker bo‘lmagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu stiker viloyatlararo harakatlanish huquqini beradi. Stikerdan faqatgina tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransportda harakatlanish uchun foydalanilishi kerak, undan shaxsiy manfaatlarda suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov 26-mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi. Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobar oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031