"Sevimli Tv” namoyish etilib, allaqachon o‘z tomoshabinini topgan "Ichkarida” serialining ijodiy jamoasi bilan tanishtirishda davom etamiz.
Chetin Tekindor — 1945 yil 16 iyul kuni Turkiyaning Sivas shahrida tug‘ilgan. Aktyor o‘zining ilk rolini 18 yoshida "Barchasi Vatan uchun” nomli vatanparvarlik ruhidagi filmda ijro etgan bo‘lib, ikkinchi darajali — askar yigit roli bilan boshqa rejissyorlar nazariga tushishga ham muvaffaq bo‘lgan. 1964 yil Anqara konservatoriyasiga o‘qishga kirib 1970 yil yil tamomlagan aktyor uzoq yillar davomida, nafaqat kinoda balki, teatr sahnasida ham ko‘plab obrazlarni talqin etgan. Anqara davlat teatrida 15 yildan ziyod faoliyat yuritish bilan bir vaqtda Xajettepa universitetida dars bergan. Shuningdek, Chetin Tekindor 1998 yildan to bugungacha Bilkent universitetida ham talabalarga saboq berib kelmoqda.
Mashhur qilgan rollari
1983 yili suratga olingan "Kenja og‘a” serialidagi roli aktyorni yaxshigina mashhur qilgan, deb yozadi, turk jurnalistlaridan biri. XX asr voqyealari ko‘rsatilan serialda u Yujelya Chaqmoqli rolini gavdalantirgan. Mazkur serial shu qadar mashhur bo‘lganki, tomoshabinlar uzoq vaqtgacha aktyorni o‘z ismi bilan emas Kenja og‘a deya chaqirishgan ekan.
Ammo aktyorning keyingi kinoloyihalari kutilgan natijalarni bermadi. Faqat 2005 yilda suratga olingan "Mening otam va mening o‘g‘lim” serialigina "Kenja og‘a”ning mashhurligidan o‘ta olgan. Ushbu serial Turkiyaning eng reytingi baland seriallaridan biri hisoblanadi.
Chetin shu kungacha o‘ndan ziyed mukofotlarni qo‘lga kiritgan Hozir aktyor turk kino va seriallarida yoshi katta qahramonlarni ijro etib kelmoqda.
Shaxsiy hayot
Chetin Tekindor 1987 yil teatr va kino aktrisasi Zerringa uylanadi. (Bu aktrisa tomoshabinlarga "Sevgi iztirobi” serialidagi Laylo roli bilan yaxshi tanish). Ammo ular 10 yillik oilaviy hayotdan so‘ng ajrashishgan. Ijodkorlarning Xira ismli o‘g‘li bor.