• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 3 » «Ichimga sig‘magan sirim» yoxud xorijda o‘qiyotgan qizning nadomatlari
14:41
«Ichimga sig‘magan sirim» yoxud xorijda o‘qiyotgan qizning nadomatlari

Biz u bilan yaqin dugona bo‘lmasak-da, harholda ikki yil bitta oliygohda o‘qib, bir-birimizning yutuq va kamchiliklarimizdan, tabiatimizdan xabardor edik. Dugonam maqsadi yo‘lida doimiy izlanadigan, qat'iyatli, tirishqoq qiz edi. 3-bosqichga o‘tish oldidan o‘rganayotgan tili bo‘yicha talabalar almashinuvi loyihasida grant yutib, xorijda o‘qishni davom ettirish uchun yo‘llanma oldi. Shundan keyin u bilan internetda hol-ahvol so‘rashib yurdik. Keyinchalik bir-birimizga ishonib sir aytadigan o‘rtoqlarga aylandik. Bir yil avval shu dugonam elektron pochtamga «O‘ta maxfiy, shu bilan birga ichimga sig‘maydigan sirim» deb sarlavhalangan maktub jo‘natdi. Xatni o‘qib unga nima maslahat berishni, nima deb yupatish-u nima deb urishishni bilmay boshim qotdi. YAqinda onlayn muloqotlarimizda xat haqida o‘zi eslatib qoldi: «Aziza, shu maktubni yozib chiqar, boshqalarga saboq bo‘lsin…» Mana o‘sha maktubni e'tiboringizga qanday bo‘lsa shundayligicha, faqat yigitning ismini o‘zgartirgan holda, havola qilayapman…

«...Aziza, bu maktubni avvaldan yozib qo‘yganman. Har kuni o‘qib chiqaman. Yig‘layman, o‘zimni mushtlayman, keyin yana «Shu bilan hayot tugab qoladimi, hech kimdan kaming yo‘q-ku, hamma senga xavas qiladi», deb o‘zimni ovutib, quvonib yashayveraman. Biroq eng quvongan, sevingan damimda ham yuragimning bir cheti yemirilib, og‘rib turaveradi.

Kel, hammasini bir boshdan gapirib beray.

Sen u yigitni bilarding. Bizdan katta guruhda o‘qirdi. Ikkalamiz ham bitta tilni o‘rganganimiz uchun birga o‘quv kurslariga qatnab, yaqinlashib qolgandik. O‘rtada hech qanday muhabbat, hatto do‘stlik ham yo‘q edi. Shunchaki u hamroh, xorijiy tilni mukammal egallashim uchun yaxshi suhbatdosh edi. Keyin ikkalamiz ham chet elga ketish imkonini beradigan loyihada qatnashdik. Esingdami, g‘olib bo‘lib xorijga ketayotganimni eshitib astoydil tabriklading, yana aytdingki, «O‘qigan odam yuzaga chiqadi, grantga, ustiga-ustak, stipendiya beradigan joyga o‘qishga ketayapsan, rosa xavasim kelayapti», deding. Aslida o‘shanda men to‘plagan ballar hamma o‘ylaganidek grantga emas, shartnoma asosida o‘qishga ketish uchun imkon berardi. Ballarimni ko‘rib, tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib, yig‘lashni boshlaganimda o‘sha sen bilgan Bahodir aka «Yig‘lamang, birgalashib to‘lashib yuboraman, men uydagilarga faqat shartnoma asosida xorijga jo‘natishar ekan», deb aytganman. Menga berishadigan o‘sha puldan sizga yordam beraman, siz u yerda ishlab qaytararsiz, deb qoldi. YUqori ball to‘plab, grantga kirgan Bahodir aka bilan shartnoma asosida o‘qishga kirganimni sir saqlashga kelishdik. Sirimizga ko‘ra u kishi hammaga pul to‘lashi kerakligini, men esa bepul ta'lim, yotoqxona va yana stipendiyali o‘qishga ketayotganimni ayta boshladik. Oddiy qishloq qizi uchun bu juda zo‘r imkoniyat edi. Ketishimni butun qishlog‘imiz ota-onam bilan birgalikda bayram qilishdi. Men ketayotgan mamlakatda savdo-sotiq qilish imkoniyati yaxshi bo‘lgani uchun hamma uzundan-uzoq ro‘yxatlar va bir quchoq pullar bilan uyimizga kela boshladi. Quvonchim tanimga sig‘may, yangi o‘quv yili oldidan xorijga Bahodir aka bilan uchib ketdik. Ikkalamiz ham talabalar almashinuviga ko‘ra bitta shahardagi bitta oliygohning bitta yotoqxonasiga joylashdik. Menga to‘g‘ri ma'noda akalik qilayotgan odam bilan ertalabdan kechgacha birga edik. Chunki u kishining talaffuzi yaxshi, lug‘at boyligi ustun edi. Men do‘konga chiqish kerak bo‘lsa ham uni yordamga chaqirardim. Keyinroq o‘qishdan bo‘sh vaqtlarimizda, yurtimizdan keladigan tadbirkorlarga tarjimonlik qilish uchun meni ham o‘zi bilan birga bozorga olib chiqa boshladi. Tajribam oshgani sari topish-tutishim yaxshilandi, hatto uyimga ham kiyim-kechaklar, texnik qurilmalarni sovg‘a qilib jo‘nata boshladim. O‘qishim ham izga tushib ketdi. Oradan olti oy o‘tgach Bahodir akadan olingan qarzni to‘lash uchun u kishining oldiga bordim.

— Menga hech kimning qo‘lidan kelmaydigan yordamni berdingiz. Sizdek akam bo‘lishini chin dildan orzu qilardim. Mana, to‘plagan pullarim, ota-onangizga meni deb yolg‘on gapirgan edingiz, qarzimni uzishga endi imkon topdim, ming bor uzr, — deb qo‘liga pullarni tutqazdim.

Bahodir aka kulib:

— Men ham sizni singlimdek ko‘raman. Bitta viloyatdanmiz ikkalamiz ham, bir-birimizni qo‘llamasak uyat bo‘ladi. To‘g‘ri, mening ota-onam ham bu pullarni o‘sha vaqtda qiynalib topishgan edi. Lekin negadir sizga juda-juda yordam bergim kelgandi. Bu pullarni o‘zingizga olib qo‘ying, to‘yimda to‘yona qilasiz yoki o‘zingizning to‘yingizga ishlatasiz, — deb qaytarib berdi.

Ko‘nglim bo‘shab, «kattakon rahmat» deb uni quchoqlab olganimni bilmay qoldim. O‘sha pullarni ukamning shartnoma pulini to‘layolmay qiynalayotgan otamga jo‘natdim. Telefonda otamning uzundan-uzoq qilgan duosi meni ruhlantirib yubordi. Endi tinim bilmay o‘qib, ishlayman, men ham uyimdagilarga yordam beraman, katta odam bo‘laman, deb ahd qildim. Esingdami, o‘sha vaqtda sen bilan birinchi marta internetda dildan suhbatlashgan edik, o‘shanda Bahodir aka haqida ko‘p yozib yuborganimda «Sevib qolmadingmi mabodo?» deb so‘raganding. Senga «Jinnimisan, uning sevgan qizi bor-ku» deb rad qilgan bo‘lsam ham ich-ichimdan kun sayin unga bo‘lgan intilish (kechir, buni muhabbat deyolmayman, sababini keyinroq aytaman) olovini bosolmay, dardimga qovirilib yurardim. Ha, Bahodir akaning sevgan qizi bor edi! Shunisi alam qilardiki, ustimdan kulgandek men yashaydigan qishloqdagi hech qayerda o‘qimagan tikuvchi qizni sevardi. Har safar undan ko‘ngli qolsin deb, «Sizga u mos emas, shunday qizlar topayki...» derdim. U kishi bo‘lsa gaplarimga e'tibor qilmasdi. Bozorga meni birga olib tushib kiyintirib ko‘rardi-da, menga yarashgan ko‘ylakni o‘sha qizga sovg‘a qilib jo‘natardi. Bularning hammasi menga alam qilardi, ichimga yutishga qanchalik urinmay sezdirib qo‘yardim. O‘shanda Bahodir aka «Singlim deganman sizni, hamma singillar akasini qizg‘onadi-ya», deb o‘zini bilmaganlikka olardi. Men esa o‘zimni «U ham menga bee'tibor emas», degan xulosa bilan ovuntirardim. Asoslarim ham bor edi-da: unga do‘st bo‘lmagan taqdirimda ham menga katta pulni ishondi, har kuni nima yeb, nima ichayotganimni, qayoqqa borishimni so‘raydi, begona yigitlar bilan gaplashsam koyiydi...

Bilasanmi, erkinlik hamma odamga har xil ta'sir qilarkan. Kimdir aql-farosat bilan birovlarning ta'siriga berilmay, o‘z maqsadi yo‘lidan adashmay harakat qiladi, boshqalar berilgan imkoniyat va erkinlikdan hoyu havas yasab, orqa-ketini o‘ylamasdan ish tutarkan. Men o‘sha ikkinchi toifaga kirib qoldim: xorijlik dugonalarimning kiyinishi, o‘zini tutishiga taqlid qila boshladim, ularning ba'zilari hamma narsaga bepisandlik bilan qarashlari, ko‘ngillariga kelgan ishni qilishlari, hamma narsaga o‘z istaklari bilan hisoblashib yondashishlari menga yoqib qolgandi...

 Yangi yil bayramida butun xorijlik talabalar katta bazm o‘tkazdik. O‘sha kuni Bahodir aka biroz shirakayfroq edi, menga esa biror narsa ichishga ruxsat bermadi. Juda kech bo‘lib ketgani uchun kuzatib qo‘yishini aytdi. Yelkamdan og‘aynisini quchoqlagandek qo‘lini o‘tkazib olgan edi, men o‘z xohishim bilan belimga qo‘ydim qo‘lini... Yana aytayapman: o‘z xohishim bilan! O‘sha kuni o‘z xohishim bilan o‘zimni topshirdim, erkak kishi baribir ayolning makriga uchar ekan...

Bunda o‘zimdan boshqani ayblay olmayman, shayton vasvasasiga uchdim ham demayman, hammasini aqlan tushunib turardim. O‘sha voqyeadan keyin Bahodir akaning boshi egilib, o‘zini aybdor deb bildi. Uydagilarga sevgan qiziga uylanmasligini yotig‘i bilan tushuntirdi. O‘sha qizga ham «Meni kutma, rejalarim o‘zgardi, shu yerda qolmoqchiman. Haliveri uylanmayman, sening vaqting va yo‘lingni bog‘lamoqchi emasman», deb gapni qisqa qildi.  Oradan uch oy o‘tib o‘sha qiz turmushga chiqdi. Menga qancha yaxshilik qilgan Bahodir aka o‘zini bu holatda ayblab o‘sha kuni to‘yib ichib o‘kirib-o‘kirib yig‘ladi. Ozgina yuragim achishgan bo‘ldi, lekin endi u inson meniki ekanligiga xotirjam edim. Unga o‘zimni har jihatdan munosib deb bilardim.

Ishonsang, Bahodir aka menga o‘zini sevgan yigitdek tutardi-yu, lekin «Baribir shu qizga uylanaman-ku, nima farqi bor» demasdi, bo‘lar ish bo‘lgan bo‘lsa ham masofa saqlardi. Men yuzsiz o‘zimni qanchalik yaqin tutsam ham u hammasi o‘z vaqtida bo‘lishi kerakligiga ishora qilardi.

Oradan bir yarim yil o‘tib uyga qaytdik. Ikkimiz ham o‘qishni davom ettirdik. Bahodir aka bir necha bor: «To‘y qilishimiz kerak, istasangiz shu yili to‘yimiz bo‘ladi», deb mendan so‘rab ko‘rdi. Men esa o‘qishni tugatib, magistraturani ham o‘qishim kerak, yana xorijga borib, poytaxtdan uy olish uchun harakat qilishim kerak, deb rozi bo‘lmasdim. Bahodir akaga qattiq ishonganimdan men istagan paytda to‘yimiz bo‘ladi, deb o‘ylarkanman. U kishi bitiruvchi kurs bo‘lganligi va qishloqda ota-onasi yolg‘iz qolgani uchun uyga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Menchalik xorijda o‘qishni davom ettirish yoki o‘sha yerda yashab qolishni orzu qilmasdi. Hammasi o‘zimning noto‘g‘ri qarashlarim, bemavrid orzularimni deb bo‘ldi. O‘qishni tamomlab, uyga qaytdilar, men esa poytaxtda so‘nggi kursni tugatayotgan edim. Har oy meni ko‘rgani kelib, juda yaxshi muomalada bo‘lardi. Nazarimda, bir-birimizni sevib qolgan edik. O‘qishni tugatish arafasida yana xorijga qaytish uchun magistraturaga hujjat topshirdim. Omadim kelib o‘qishga kirdim. Shundan so‘ng Bahodir akani ham men bilan birga ketishga qistay boshladim. U kishi ko‘nmadi. To‘y qilaylik, bormang, deb shashtimdan qaytaraverdilar... Oxiri bo‘lmadi, ikki yo‘ldan birini tanlashim kerak edi va men chet elga uchib ketdim. Chunki, ishonardimki, bu odam mening oldimda qarzdor, vijdoniga qarshi ish qilolmaydi. Oradan uch oy o‘tib ortimdan uchib keldi. Ota-onamni qiynashni istamayman, tezroq uylanishim kerak, uyga qaytaylik, hech narsadan kaming bo‘lmaydi, hamma sharoitni yarataman, deb rosa yalindi. Hatto ota-onamning oldiga borib, rozilik olganligini aytdi. Rosa ikkilandim, lekin uyga qaytsam o‘qishim chala qolishini, orzularimga yetisholmasligimni, qishloqqa borib kelinlik qilishim kerakligini, hamma narsa o‘zgarib ketishini o‘yladim. Imtihonlarimni topshirishim bilan boraman, deb va'da berdim. Bahodir aka ketdi, men esa aytgan muddatimda ham qaytmadim...

Esingdami, ana boraman-mana boraman, deb senga aytgandim. O‘sha kezlari hayotimdagi juda muhim damlar edi, men bu vaqtni boy berdim. Bir kuni qo‘ng‘iroq qildi: chiptangizga ham pul jo‘nataman, lekin shu oy ichida kelmasangiz, boshqaga uylanishga majbur bo‘laman, dedi. O‘shanda juda katta maosh beradigan joyga ishga kirgandim, yana ko‘zim qiymadi. Meni ko‘zimni yaxshi yashash, qimmat kiyinish, hech qanday mas'uliyat his qilmasdan yurish «zavqi» to‘sib qo‘ygan edi. Ikki oydan so‘ng Bahodir aka uylanganini eshitdim. Ko‘p narsadan xabari yo‘q onam qo‘ng‘iroq qilib, rosa yig‘ladi. «Shu boladan qolmasliging kerak edi, topgan puling ham kerakmas, tezroq baxtingni top, qayt», dedi...

Mana, yoshim 25 ga kirdi. Lekin endi istagan kishimga turmushga chiqolmayman. Ahmoqona istaklarim meni aldab qo‘ydi. O‘ta zamonaviylashib ketgan, xudbin aqlim shu holga soldi. Bilasan, hali ham shu yerdaman va yaqin orada qaytish istagim yo‘q. O‘qishni ham tugatdim. Ishlayapman, pul jo‘natib, poytaxtdan uy ham olib qo‘ydim. Hozir u yerda ukam yashayapti. Ota-onam har kuni qaytgin, deyishadi, ularga «xo‘p» deyman-u fikrimni o‘zgartirmayman. Shu yerda oilasidan ajrashgan bir tadbirkor o‘zbek yigit bor. U men bilan do‘stlashmoqchi bo‘lib yuribdi. Hammasini unga aytsam, balki hayotim izga tushib ketar...»


Категория: Har-Hil | Просмотров:2030 | Добавил: Admin | Теги: «Ичимга сиғмаган сирим» ёхуд хорижд | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31