• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1370
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
Главная » 2018 » Oktyabr » 15 » Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so‘z
11:15
Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz kechtirgan so‘z

So‘nggi paytlar u ayoli bilan hech yaxshi chiqisholmasdi. Uyda har kuni arzimagan sabablar bilan tortishuv bo‘lardi. Bulardan bezor bo‘lgan er ajrashishni istardi. Oiladagi notinchlik tufayli qudalarning ham orasiga sovuqchilik tushgandi.

Er bir kuni parishon holda maslahat so‘rash uchun ko‘pni ko‘rgan, odamlarning hurmatini qozongan bir zotning oldiga borib, ahvolini aytdi. U zot:

— Endi ajrashsang ham hech nimani o‘zgartirolmaysan. Bir oy umring qolibdi, nima qilsang qil, debdi. 
Bu gapni eshitgan er dahshatga tushib, rangi oqargan holda chiqib ketibdi.
Yo‘lda uchragan tanishlaridan rozi-rizolik so‘ray boshlabdi. Uyiga qaytib, "Xotin, shuncha payt seni xafa qildim, yaxshi er bo‘lolmadim, haqqinga rioya qilmadim. Meni kechir, mendan rozi bo‘l”, debdi.
Xotini, "tavba, bu odamga nima bo‘ldi?” deb unga rahmi kelib:

— Dadasi, aslida, siz rozi bo‘ling, men doim beodoblik qildim, sizni ko‘p ranjitdim, debdi.

Ikkovining ham qalbi yumshab ko‘zlari yoshlanibdi..
Keyin er xafalashgan qaynotasinikiga boradi. Ulardan ham yig‘lab rozilik so‘raydi. Xotini ham qaynonasidan kechirim so‘raydi. Endi uyda har kun totuv yashardilar va bir-birlarini hech ranjitmasdilar...
Lekin u kishi xotiniga muhtaram zotning aytganlari haqida hech narsa demabdi. Bir oy to‘lishini sanay boshlabdi. Kunlar yaqinlashgani sayin yaxshiliklari ortar, kechalari ibodat qilardi.
Uning yaxshi ishlari ko‘paygani sari xotinining ham munosabatlari iliqlashib, totuvlik ortib borardi.
Bir oy o‘tadi. Ha, bugun o‘laman, debdi erkak. Ertaga esa...
Lekin o‘lmabdi. "Aniq bir oy demadi, bir oy atrofida, dedi. Balki bir necha kun hali bordir”, deb o‘ylabdi.
Axiyri, u zotning oldiga borib so‘rabdi:
— Afandim, men o‘lmadim.
— O‘lish nimasi? – debdi u zot.
— Siz bir oycha umring qoldi, degandingiz, bir oy o‘tdi. 
U zot esa:
— Birodar, men sening qachon o‘lishingni bilmayman, lekin shuni bilamanki, o‘lim haq, bir kun, albatta, o‘lasan, o‘lamiz. O‘ladigan odam janjal, nizo bilan hayotini zaharlamaydi. Hozirgi hayotingdan xursandmisan?
— Ha, hech tortishmayapmiz.
— Mana endi doim shunday yashanglar!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1272 | Добавил: Admin | Теги: Ibratli hikoya: Ajrashishdan voz ke | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031