• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 3 » Ibrat maktabi bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kiradi
14:15
Ibrat maktabi bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 may kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezilent Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Mazkur majmua davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan, 2017 yil iyul oyidagi tashrif chog‘ida ham bu yerdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirilgandi.
 
Ikki gektardan ziyod maydonni egallagan ushbu majmua so‘lim bog‘, muzey va maktab-internatni o‘z ichiga olgan.
Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni kirib ko‘rdi.
 
Prezident bu maktabga alohida e'tibor qaratayotgani bejiz emas. Chunki Ibrat bobomiz dunyoviy bilimlarni chuqur o‘rgangan ziyoli bo‘lgan, yettita tilni bilgan. "Olti tilli lug‘at”, "Xatlar majmui”, "Tarixi Farg‘ona”, "Tarixi madaniyat”, "Zamon tarozusi” kabi o‘ndan ortiq ilmiy-tarixiy hamda ma'rifiy asarlar yaratgan. 1886 yilda zamonaviy maktab ochgan. 1907 yilda esa  yangi "usuli savtiya” maktabini tashkil etib, qishloq bolalarini o‘qitgan.
 
Ishoqxon Ibrat o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908 yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qo‘qongacha poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o‘z hovlisida "Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona o‘tgan asrning 60-yillarigacha faoliyat ko‘rsatib kelgan va u yerda o‘tgan davr mobaynida bir qator ilmiy-ma'rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni tarqatish uchun Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘nlab kitob do‘konlari tashkil etilgan.
 
Shavkat Mirziyoyev shunday ma'rifatparvar alloma nomi bilan ataluvchi maktab har tomonlama namunali bo‘lishi, bir nechta xorijiy tillarni bilgan zamonaviy kadrlarni tarbiyalashi zarurligini ta'kidladi.
 
"Til bilish bu - boylik. Til bilgan inson dunyoni biladi, hech qachon kam bo‘lmaydi. Ota-bobolarimiz shunday bo‘lgan, bu bizning qonimizda bor. Yoshlarimizda shunday intilishni uyg‘otishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy ishlar qilish, til o‘rgatish metodologiyasini takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd etildi.
 
Maktabda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi o‘qitiladi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Dars jarayoniga chet ellik ko‘ngillilar ham jalb etiladi.
 
Shavkat Mirziyoyev Ibrat maktabini a'lo baholarga bitirgan o‘g‘il-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi.
 
"Ibrat maktabi nafaqat Namangan viloyati, balki butun mamlakatimizga xizmat qilishi kerak. Bu yerdagi sharoitlarni, o‘quvchilarning bilimini ko‘rib, hamma ota-onalar havas qilsin. Xohlasa, yoshlar boshqa viloyatlardan kelib o‘qisin”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
 
Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishdi. Majmuadan o‘rin olgan ayvonda viloyat ziyolilari bilan suhbatlashdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1464 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь