• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi
15:26
Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi

2020-yil 31-yanvar kuni Huawei kompaniyasi o‘zining o‘tgan yilgi faoliyati yakunlari va 2020-yil uchun belgilab olgan rejalari bilan tanishtirish maqsadida O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot brifingini o‘tkazdi.

Brifing davomida kompaniyaning O‘zbekistondagi direktori Forrest Lyu yangi yilni "Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb belgilanishi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidladi.

Huawei kompaniyasi 20 yildan beri O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. 2019-yilda kompaniya sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, ta‘lim, jamoat xavfsizligini ta‘minlash va mahalliy aloqa operatorlari tarmoqlari qamrovini kengaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun bir qator memorandumlarni imzoladi. Shunday qilib, tez tibbiy yordam xizmatining call-markazlarini zamonaviy AKT yechimlari bilan jihozlash va eng yangi tibbiy uskunalar va AKT texnologiyalariga asoslangan avtomashinalar bilan ta‘minlash bo‘yicha loyiha ishga tushirildi, 5G texnologiyalari aloqa operatorlari bilan birgalikda ommaviy sinovdan o‘tkazildi, shuningdek, elektron ta‘limni joriy etish bo‘yicha sinov loyihasi taqdim etildi.

2020-yilda kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonni raqamlashtirishni yaxshilaydigan va tezlashtiradigan bir qator loyihalarni amalga oshirishini ma‘lum qildi.

"Biz mamlakat hukumati, aloqa operatorlari, hamkorlar va jamoatchilikka mamlakatning "Raqamli iqtisodiyot”ga o‘tishining samaradorligini ta‘minlaydigan o‘ziga xos yechimlar va mahsulotlarni taqdim etishga tayyorligimizni bildirishni xohlardik va bunda bulutli texnologiyalarni joriy etish va keng qamrovli Internet tarmog‘ini rivojlantirish orqali birinchi navbatda ta‘lim, jamoat xavfsizligi, transport sohalarini qamrab olmoqchimiz.

20 yil davomida Huawei kompaniyasi tajriba almashishga va mamlakatni raqamlashtirish bo‘yicha o‘zining g‘oyalarini taqdim etishga katta e‘tibor berib kelmoqda.

Biz Innovatsiya kunlari va turli sammitlar kabi yirik tadbirlar o‘tkazish bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun maydonlar yaratishga, shuningdek, hududlardan va bosh shtabdan mutaxassislarni taklif qilib, mahalliy ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etishga harakat qilmoqdamiz. Mahalliy va bosh idoralarimizning ko‘rgazma markazlari eshiklari har doim davlat organlari va mamlakat ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ochiqdir” – dedi, Forrest Liu.

Press-brifing davomida Huawei kompaniyasining O‘zbekiston aholisining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalari ham ma‘lum qilindi. Kompaniya Tech4All deb nomlangan xalqaro tashabbusni ilgari surdi va uning doirasida Huawei raqamli tengsizlikni kamaytirish, turli jamoalar uchun yangi dasturiy ilovalarni ishlab chiqish va raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini keng yoyish, shuningdek iqlim o‘zgarishi ta‘siriga uchragan mintaqalardagi odamlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli-tuman tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Bu yil kompaniya UNDP bilan birgalikda Orol dengizining tubini obodonlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishga kirishishni rejalashtirmoqda va shu bilan mintaqaning barqaror kelajagiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:571 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829