• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Oktyabr » 16 » Homiladorlikdan saqlanish usullari
11:45
Homiladorlikdan saqlanish usullari

Har bir ayol jinsiy hayotini rejalashtirib, kutilmagan homiladorlikdan saqlanishi, o‘zi istagan va tayyor bo‘lgan paytdagina farzand ko‘rishi mumkin. Buning qator usullari mavjud. Quyida shular haqida gaplashamiz.

Tabiiy, ya’ni fiziologik usullar hech qanday dori vositalari, muolajalar va uskunalarsiz, faqat organizmning xususiyatlarini kuzatgan holda homiladorlikdan saqlanish deganidir. Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:



taqvim usuli — hayz siklini kuzatib borib, xavfsiz kunlarni aniqlash; qin ajralmalarining holatini kuzatish — butun hayz davri davomida har kuni qin ajralmalarining miqdori va konsistensiyasiga (sutrang suyuq yoki shaffof shilimshiq) ko‘ra ovulyatsiya kunini aniqlash;
bazal haroratni o‘lchash — butun hayz yikli davomida rektal (yo‘g‘on ichakdagi) haroratni o‘lchab, undagi tebranishlarga ko‘ra ovulyatsiya kunini aniqlash
simptotermal usul — avvalgi ikki usulni birlashtirish (bu kontratseptiv samarani oshiradi).


Fiziologik usullar kimlarga tavsiya etilmaydi?

Fiziologik usullar salomatlik uchun bezarar bo‘lishiga qaramay, birinchidan, ularning samarasi past, ikkinchidan, faqat hayz sikli muqim ayollar uchun mos keladi. Yaqinda abort qildirgan, emizikli, juda yosh yoki yoshi katta ayollarda bu usul ish bermaydi. Shuningdek, xavfli kunlarda o‘zini jinsiy yaqinlikdan tiya olmaydigan hamda muntazam jinsiy sherigi bo‘lmagan ayollar ham bu usulga murojaat qilmaganlari ma’qul.

Bundan tashqari, turli infeksiyalar, yallig‘lanish jarayonlari va hatto oddiy stress ham qin ajralmalari konsistensiyasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Yaxshiki, tibbiyot allaqachonlar bu muammo bilan shug‘ullanishni boshlagan. Natijada qator samarali kontratsepsiya usullari paydo bo‘ldi.



Bu yoshda ayollar asosan keragicha farzand tug‘ib olishga intilishadi. Shuning uchun kontratsepsiya vositalari qisqa muddatli bo‘lishini ma’qul ko‘radilar. Mutaxassislar bunday juftliklarga rezina qopcha (prezervativ) tavsiya etishadi. Chunki u nafaqat kutilmagan homiladorlikdan, turli infeksiyalardan ham himoyalaydi. Shuningdek, yosh, navqiron organizm uchun mo‘ljallangan har xil kimyoviy vositalar — spermitsid (sperma faolligiga vaqtincha ta’sir ko‘rsatuvchi) shamchalar va tabletkalardan ham foydalanish mumkin.

Endi ayolning farzandlari bor, u homiladorlikdan uzoqroq muddatga saqlanishni istaydi. Buning uchun tibbiyot birgina gormondan tarkib topgan kontratseptiv vositalarni tavsiya etadi. Shuningdek, kontratseptiv plastirlardan foydalanish ham mumkin. Ularni haftada bir marta almashtirib turish kerak. Eng ko‘p qo‘llanadigan vosita sifatida bachadon ichi spirali ham tilga olinadi.

Diqqat! Chekadigan (afsuski, bundaylar soni ortib bormoqda) ayollar, ayniqsa, 35 yoshdan keyin gormonal kontratseptivlardan foydalanmaganlari ma’qul. Chunki aynan shu yoshga kelib tomirlarda turli tiqinlar yuzaga kelishi va yurak kasalliklari xavfi ortadi.

Bolalar katta bo‘lib qolgan, ularni uyli-joyli qilish, nabiralarni erkalash vaqti keldi. Endi ayol homiladorlikdan bir umrga saqlanishni istaydi. Bunda bachadon ichi spirali qo‘l keladi. Hozir ularning gormonal va oddiy turlari mavjud. Gormonal spirallar o‘zidan muntazam ravishda kichik dozada progestin gormonini ajratib turadi. Bu gormon istalmagan homiladorlikning oldini olish bilan birga, hayz kunlaridagi noxush belgilarni ham deyarli yo‘qqa chiqaradi

Ba’zi ayollarga spiral to‘g‘ri kelmaydi. Ularga qin halqasi tavsiya etiladi. U o‘zidan progestogen va estrogen gormonlarini chiqarib turadi.

Gormonsiz variant — qin diafragmasi. U jinsiy yaqinlikdan oldin bachadon bo‘yniga kiydiriladi va aloqadan so‘ng 6-8 soat o‘tgach, olib tashlanadi. Odatda u spermitsid vositalar bilan birga qo‘llanadi.

50 yoshdan oshgan ayollarga gormonal kontratsepsiya o‘rniga maxsus gormonal terapiya tavsiya etiladi. Ammo kontratsepsiyaning boshqa usullarini ham nazardan qochirmaslik kerak. Maxsus gormonal terapiya klimaksning noxush belgilarini yo‘qqa chiqaradi. Bor-yo‘g‘i 5 yil davomida bunday terapiya qo‘llanilsa, u osteoporoz rivojlanishini anchagina susaytiradi, infarkt va insult xavfini esa 50 foizga kamaytiradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:913 | Добавил: Admin | Теги: foydali | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031