
Uning ota-onasi farzandlaridagi ushbu o‘simta baxt va omad belgisi ekaniga ishonishgan va shu sababli uni jarrohlarga ko‘rsatishmagan.
Hindsitonlik o‘smir ayni vaqtda 18 yoshda. Aslini olganda, o‘smirning oilasi uning "dum” bilan tug‘ilganini baxt deb sanab, uni omadli farzand hisoblashgan va aynan shu sababli bu haqda hech kimga aytishmagan.
Shu vaqtgacha o‘smirning dumg‘aza qismidagi o‘simta uni bezovta qilmagan. Biroq yaqinda ushbu o‘simta yigitchaga og‘riq bera boshlagan. Bir necha kun avval, u mamlakat g‘arbidagi Nagpur shifoxonasiga murojaat qilgan.
O‘simta jarrohlik yo‘li bilan muvaffaqiyatli olib tashlandi. Shifokorlarning fikricha, bu zararli o‘simta odatda chaqaloq tug‘ilishi bilan aniqlanadi yoki vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘ladi.
"Yigitcha faqat og‘riq paydo bo‘lgani uchungina bizga murojaat qilgan. U tunda, uyquga ketish vaqtida belining pastki qismida kuchli og‘riq borligidan shikoyat qildi. Aytish kerakki, u ruhiy jihatdan ham davolanishi shart. Aslida uning dumg‘aza qismidagi o‘simta uni juda noqulay ahvolga solgan. Chunki 18 yillik hayoti davomida yigitcha bu o‘simtani yashirishi, stulga, yerga o‘tirish chog‘ida kerakli nuqtani topib o‘tirishi lozim bo‘lgan. Bunday tashvishlar esa asabga ta'sir qilmay qolmaydi, albatta. Oila a'zolarining bundan xabarlari bo‘lgan. Biroq buni ular baxt belgisi sanab, shifokorlarga murojaat qilishmagan. O‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti unchalik murakkab emasdi. Ammo o‘simtaning bevosita dumg‘azaning tepa va umurtqa pog‘onasining pastki qismida joylashgani sababli biz o‘ta ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak edi. Yigitchaning baxtiga o‘simtaning ichida na suyak va namushak bor edi. Operatsiya biz o‘ylaganimizdan ko‘ra oson kechdi. Yigitchaga kelayotgan haftada uyiga ketishiga ruxsat beramiz”, deydi jarroh Pramod Giri.