• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Avgust » 26 » Hikoya : Ijarada yashovchi qiz
10:45
Hikoya : Ijarada yashovchi qiz

"Yuragimda saqlaganlarim...” Ushbu sahifaga dardi, kechinmalarini qalbi to‘rida saqlab yurganlar tez-tez murojaat qiladi. Kimdir shaxsini ochiq-oydin, bemalol aytaveradi, ba'zilar esa ism-sharifi tugul dilidagilarni ham ming istihola bilan gapiradi. Bu safar qo‘ng‘iroq qilgan muxlisimiz ham kimligini sir tutdi...

—  Iltimos, "Kimsiz?”, "Qayerdansiz?” deya savol bermang. Shunchaki eshiting. Gaplarim yodingizda qolsa, qog‘ozga tutishing. Mabodo eslab qola olmasangiz, yozmasangiz ham mayli. Eshitganingizning o‘zi ham, dilimdagilarni tashqariga chiqarganim ham menga katta kuch beradi. Chunki bu gaplari ichimda turgani sari, ruhimni kemirib kelmoqda. Agar tashqariga chiqarib yuborsam, zora, bu azoblar ham meni tark etsa...

Bu voqyeaga salkam o‘n yillar bo‘lib qoldi. Birovga aytolmayman. Yuzim chidamaydi. Qanchalik tuban va xudbin bo‘lganimni, buni qanday amalga oshirganimni endi o‘zim ham xazm qilolmayman.

O‘shanda yosh edim. Yigirma to‘qqiz-o‘ttiz yoshlar bo‘lgan ekanman. Nega bu qadar tubanlashib ketganman hayron qolaman.

O‘qidim, ishga kirdim. Yoshim hali o‘ttizga borib qolmagan, lekin o‘n sakkiz yosh ham emasdim. Yigirma besh yosh atrofida bo‘lsam kerak. Onam bitta-ikkita sovchi kelayotganini aytib qolardi.

—  Kim? Qayerdan? Men bilamanmi? — derdim.

Qarang, uyalmagan ham ekanman.

—  Qo‘shni qishloqdan ekan. Yaxshiga o‘xshadi...

—  Qaytarib yuboring. Men poytaxtdek joyda ishlab yuribman. Qishloqqa tushmushga chiqib, tuproq yalaymanmi?

—  Qishloqda katta bo‘lding. Shu yerning qizisan. Kimam olardi seni shaharada? — jahli chiqib ketardi onamning.

Men ham jim turmas, baqirib-baqirib qo‘yib qo‘yardim. O‘zimcha ishlab, pul topib, erkin yashab o‘rganib qoldim shekilli, turmushga chiqishni ham o‘ylamadim. Shu bilan yoshim o‘ttizga ham yaqinlashib qoldi. Hamon meni ijara uy muammosi qiynar, u yerdan bu yerga ko‘chib yurardim.

Bir kuni ijaraga uy izlab, bir yoshi o‘tgan kampirni topdim.

—  Qizim, men non-osh so‘ramayman, — dedi momo. — Xudoga shukr, nafaqam o‘zimga yetadi. Yana bolalarim ham qarab turmaydi. Faqat, uyimni yig‘ishtirib, kirlarimni yuvishda yordam bersang, ko‘ngimni topsang, ijara puli ham olmasligim mumkin.

—   Mayli momo. Uy yig‘ishtirish, kir yuvish ham yumush bo‘ptimi, qiz bola uchun. O‘zim uchun ham qilaman-ku,  — dedim ich-ichimdan sevinib.

Shu bilan momoning ikki xonali uyining bitta xonasini egalladim. Ertalab ishga ketaman. Uch-to‘rtlarda qaytib xonalarni yig‘ishtiraman, Kir kiyimlar chiqib qolsa yuvaman, bo‘lmasa ovqatga unnab ketaman. Kartoshka, sabzi, piyoz uchun ham o‘zim bozorga yugurgilab o‘tib kelaman.

—  Uyni yig‘ishtirganingdan keyin darrov boshqa ishga o‘tmay, changlarni ham artib ol. Qara, televizorning usti, shkaflarga odam qarab bo‘lmaydi, — derdi kampir injiqlik qilib. — Kirlarni uch marta yuvib, uch marta chayqa. Ertaga yana qora kiyimlardan mazg‘avaning isi anqib turmasin...

—  Xo‘p, — derdim majburligimdan tishimni tishimga bosib.

—  Bozorga borsang, ro‘zg‘orbop narsalarni ol. Barra, yangi bo‘lsin. Kartoshka, piyozlarning tuxumdek keladiganini olsang bo‘ladi. Kattasi katta. Qolib ketadi...

—  Mayli, — deyman sabr bilan.

Momoning ko‘nglini topishga harakat qilaman. Xullas, uch oy barbosh qildim.

—  Bolam, seni xuddi o‘zimdek ish qilishga o‘rgatdim.

Endi shu o‘rgatganimdek qilaver. Ijara puling ham kerakmas. Vaqtida uyni yig‘ib, kirni yuvib, ovqatni qilsang bo‘lgani...

Bu gapdan shunchalik xursand bo‘ldimki, axir qancha pulim tejaladigan bo‘ldi.

Lekin men shunga shukr qilish, momodan minnatdor bo‘lish, yanada ko‘nglini topish o‘rniga, aksini qila boshladim. Ishim ko‘payib ketganini aytib, kechroq kelar va uyni yig‘ishtirmas, ertaga tozalashimni aytib kirib ketardim. Kirlarni ham shunaqa qila boshladim.

—  Nega buncha ishing ko‘payib ketdi? — so‘rab qolardi, siqilgan momo.

—  Yaxshi ishchi bo‘lsangiz o‘zingizga qiyin ekan. Ko‘zi ko‘rgan odam ish buyurar, iltimos qilarkan. Shunaqa bo‘lib qoldim...

—  To‘g‘ri, qo‘lidan ish keladiganlar hamma joyda kerak, — derdi momo xo‘rsinib.

Xullas, shunday qilib, momoni uyni haftada ikki, kirlarni bir yuvishga o‘rgatdim.

Bu orada momo xastalanib qoldi. Ana shunda bildimki, uning bittayu bitta qizi bo‘lib, u ham chet elga turmushga chiqib ketgan ekan. Yana uni o‘zi ham tug‘magan. Xullas, momo ham yolg‘iz odamlardan biri. Buni bilganim zahoti, unga nisbatan bo‘lgan yuragimdagi iymanish, hurmat hissi yo‘qolgandek bo‘ldi.

"Nimasini hurmat qilishim kerak? Men qarab o‘tirgan bo‘lsam... Ana, qizi o‘ylayotgani ham yo‘q-ku!”

Shundan so‘ng turli nayranglar chiqara boshladim. O‘zim ko‘chadan biror nima yeb kelib, unga bir kun oldingi ovqatni isitib berardim.

—  Ovqat qilmadingmi, qizim?

—  Vaqtim bor ekanmi? O‘zi charchab keldim. Shuni yeb turavering. Yaxshi-ku! Mijg‘ovlik qilaversangiz, boshqa uy qidiraman. Hozir kim ko‘p, yolg‘iz kampirlar ko‘p... — derdim jerkinib.

Bechora kampir indamaygina ovqatni yerdi. Kiyimlarini-ku, umuman yuvmay qo‘ydim. Zo‘rg‘a sudralib yurgan momo amallab ko‘ylaklarini yuvganini ishdan kelganimda ko‘rar, ammo indamasdim. Bilardim, momo uchun uyida yurganimning o‘zi madad va kuch edi. Butkul yura olmay, yotib qolsa kim holidan xabar oladi? Yolg‘iz, qarovsiz qolib ketishidan qo‘rqadi-da...

Men tag‘in gohida vahimali gaplarni aytib qo‘yardim:

—  Bugun ishxonadagilar aytib qoldi. Yolg‘iz yashaydigan bir chol bor ekan. O‘lib, uyida bir hafta qolib ketibdi. O‘ligining sassig‘i tashqariga chiqa boshlagach, keyin odamlar militsiyaga xabar beribdi.

Boshqa kuni boshqa bir bo‘lmagan voqyeani bo‘lgandek qilib aytib berardim:

—  Dugonamning keksa qo‘shnisi bor edi. O‘lgur o‘zi yomon edi. Hyech kimga kun bermasdi. O‘sha o‘libdi. Uyida yotgan joyida o‘lib qolibdi. Yomonligidan biror zog‘ xabar olmagan. Natijada, ikki kundan keyin ko‘rinmayotgani uchun qo‘shnilari militsiyaga xabar berib eshikni ochirgan. Polga yiqilib o‘lgan ekan. Shu holicha yotavergan. Shunaqa o‘lib qolishdan Xudo asrasin!

Bu gaplarim kampirning yuragiga dahshat solar, iloji boricha, shu yerda qolishimga, hech narsam kerak emasligiga, kelib-ketib hamdard, hamsuhbat bo‘lib turishimga muhtojligini bot-bot takrorlardi.

Men esa bundan foydalandim. Uning holini bilsam-da, o‘zim ham ijara uyga muhtoj bo‘lsam-da surbetlarcha dedim:

— Men boshqa joyga chiqmoqchiman. Bir rus kampiri bor ekan. Ijara puli kerakmas dedi. Qaytanga unga qarab, birga yashaganim uchun menga pul to‘larmish. Keyinchalik, agar ishonchini qozona olsam uyini menga sovg‘a qilarkan ham. Shunga xafa bo‘lmang, xo‘p. Sizga boshqa ijarachi qidiraman...

—  Unday qilma qizim. Qanaqa ijarachi keladi, yana menga, Xudo biladi. Senga o‘rganib qoldim-da! Mayli, o‘sha rus kampir beraman, degan pulni menam to‘layman. Ketma...

—  Pul kerakmas, xola. U uyimni berib ketaman, deyapti. Bunaqa imkoniyat boshqa bo‘lmaydi. Sizga boshqa qiz topib beraman, dedim-ku! O‘zingiz o‘ylang, uyli bo‘lishim mumkin.

—  Nega tushunmaysan? Shu yerda yashab tursang, uy senga qoladi-da! Men go‘rimga orqalab ketarmidim? Qizim kelmasa, baribir... — oxiri dedi momo.

Bir quvondim, bir quvondim. Qichqirib boray dedim. Bu kutilmagan omad axir. Poytaxtda o‘z uyimga ega bo‘lsam-a?

Shunchalar xursand bo‘ldimki...

Xullas, kampirdan ham birga yashaganim uchun pul olar, ham uyidan umidvorligimdan o‘zimga xon, o‘zimga bek edim.

Oxiri kampir vafot etdi. Aytganidek, uyini menga sovg‘a qilib, keyin o‘ldi. Ehtimol, men kasal vaqtida yaxshi qaratsam, shifoxonaga yetqizsam, uzoqroq umr ko‘rarmidi? Afsus, men bunday qilmadim. Uni ortiqcha yukdek qilib, tezroq o‘lishini istadim. SHo‘rlik doriyu, tansiq taomga zor bo‘lib, bu dunyodan ko‘z yumdi.

Men o‘z uyim borligiga hamon ishonmasdim. Ammo bu haqiqat edi. Uyim borligini eshitgach, yoshim o‘ttiz beshdan oshgan bo‘lsa-da, ortimdan yuruvchilar ko‘paydi. Hatto yoshi o‘zimdan kichiklar ham sevgi izhor qilardi. Men ham o‘zimni tengsiz chog‘lab, o‘zimga munosibini emas, aynan shunday yosh, chiroyli yigitlar bilan gaplasha boshladim. Oxiri bitta ikkinchi mutaxassislikka o‘qiyotgan, oilali, farzandlari bor yigitga ilakishib qoldim. To‘g‘rirog‘i, u mendan foydalandi. Tayyor uy, tayyor kirini yuvib, ovqatini beradigan odam bor. Nima qilsin?

—  Seni sevaman. Shu yerda yashayman, qishloqdagi xotinimdan voz kechaman, — deganiga ishonibman.

Shunchalar ishonibmanki, homilador bo‘lib, qornim qappayguncha "Menga uylan, elga ovoza ber”, demabman. Nikohiga olganiga xursand bo‘lib yuraveribman. Lekin to‘rtta odamni yig‘ib, ma'lum qilmasangiz, bo‘lmaskan. Odamlar buzuqlikda ayblarkan. Hatto, o‘zimning ota-onam homiladorligimni ko‘rib, "Yuzimni yerga qaratding, ko‘zimga ko‘rinma, senday bolam yo‘q”, deya quvib soldi. Bu orada erimning o‘qishi tugab, qishlog‘iga ketgancha daf bo‘ldi. Men esa tug‘ishimga sanoqli kunlar qolganida avtohalokatga uchrab, ham bolamdan, ham sog‘lig‘imdan ajradim. Hozir o‘sha momodan meros uyimda shiftga tikilib yotib, o‘tgan umrimni sarhisob qilyapman. Endi qirqqa kirayotgan ayolman. Lekin...

Qo‘rqib ketyapman. Momo ba'zan tushimga kiradi. Hyech bir qilgan qora ishingiz beiz ketmaydi. Mana, menga ham momoga qilganlarim qaytdi. Yonimda turgan qiz qarayotgani uchun pul talab qilyapti. Juda qo‘rqib ketaman. "Qaytar dunyo” deganlari rost ekan. Hyech qachon birovga yomonlik sog‘inmang. Iloji boricha yaxshilik qiling. Keyin men kabi nadomat chekmaysiz...

KAMINA yozib oldi

Категория: Har-Hil | Просмотров:2814 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь