• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Gulnora Karimovaga oid yana bir muhim ma’lumot aniqlandi
12:11
Gulnora Karimovaga oid yana bir muhim ma’lumot aniqlandi

Joriy yilning 19 iyun kuni o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida senatorlar Feruza Yuldashevna Mahmudovani O‘zbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ma’qullanganlari haqida xabar bergan edik.

Majlisda O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol kishi O‘zbekistonning xorijiy mamlakatdagi elchisi lavozimiga tayinlangani aytilgan edi.  
"Feruza Yuldashevna mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi. Bu sharaf bo‘lishi bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday mas’uliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tirof namunasidir. 

Ishonamizki, bunday e’tibor va e’tirofga bundan keyin ham ko‘p marotaba guvoh bo‘lamiz. Zero, o‘zbek ayollari bunga munosibdir”, degan edi yuqori palata raisi Tanzila Norboyeva. 

Aslida-chi?

Aslida esa Feruza Mahmudova mustaqil O‘zbekiston tarixida xorijiy mamlakat elchiligiga tayinlangan birinchi ayol emas. Bu maqom O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi, sobiq Fond forum vasiylik kengashi raisi va bir vaqtning o‘zida jinoiy guruh rahbari bo‘lgan Gulnora Karimovaga oidligi aytiladi. 

Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilning yanvaridan 2012 yilning iyuligacha Gulnora Karimova O‘zbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi esa uning elchilik faoliyati 2010 yildan 2011 yilgacha davom etganini qayd etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva yo Gulnora Karimovaning mamlakatning birinchi ayol elchisi bo‘lganini unutgan, yo bu haqda ma’lumotga ega emas. 

Darvoqe, boshqa tarafdan qarasak, Birinchi Prezident Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova ham elchilikka tayinlangandi. Lola Karimova-Tillyayeva O‘zbekiston YUNESKOdagi doimiy vakili lavozimida 2008 yildan 2017 yilning fevraligacha faoliyat yuritdi. Keyin o‘z xohishi bilan ushbu lavozimni tark etdi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:477 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031