• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 51
Гостей: 51
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2017 » Iyul » 10 » Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”
16:32
Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”

Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Dilorom Omonullayeva haqida yozib qoldirgan haqoratli so‘zlari so‘nggi kunlarda asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi.
 
Biz vaziyatga xolis yondashish uchun har ikki tomonning ham fikrini, shuningdek, ko‘plab san'atkorlar munosabatlarini ham o‘rganib, taqdim etmoqdamiz.
 
Shu maqsadda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning fikrlari bilan qiziqdik.
 
Gulbahor Erqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
 
– Dilorom Omonullayeva – ustoz san'atkor. Xalq ko‘nglidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi. Men vaziyatdan to‘liq xabardor emasman. Shunday bo‘lsa-da, Shahzoda Muhammedovaning shunday inson bilan bahslashishi, uni haqorat qilishi juda noto‘g‘ri ish. Bunday insonlar bilan tengma-teng gaplashishga biz ham hatto istihola qilamiz. Ular bilan masofa saqlab gaplashamiz.
 
Balki Dilorom Omonullayevaga Shahzodaning o‘zini tutishi, muomalasi yoki estrada yo‘nalishida tajribasi yo‘qligi ma'qul kelmagan bo‘lsa kerak. U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga kirib qolishi kerakmi? Agar shunchalik estrada xonandasi bo‘lmoqchi ekan, biror musiqa maktabini bitirsin, ana undan keyin estrada xonandaligiga da'vogarlik qilsa, yarashadi.
 
Hozirda ba'zi aktrisalar 3-4 ta qo‘shiq aytib, kimgadir ovozi ma'qul kelsa, mana, xonanda ham bo‘la olaman, deb o‘ylashadi. Yo‘q, estrada xonandasi bo‘lish juda qiyin. Bugungi kunda estrada xonandalari ancha kam. Kumush Razzoqova, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, mana shularni haqiqiy estrada xonandasi deyish mumkin. Qolganlarning ko‘pi "yallachi”. Nima bo‘lganda ham, o‘zaro suhbatni Shahzoda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqatishga, ularni behurmat qilishga haqqi yo‘q edi. Avval u Dilorom Omonullayevaning yoshiga yetsin, 3-4 ta shogird chiqarsin, ana unday keyin gapirsa yarashadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1734 | Добавил: Admin | Теги: konservatoriyaga kirib qolishi kera, Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muha | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31