• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Greta Tunberg Yevropaga sayohatdan keyin koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda
18:54
Greta Tunberg Yevropaga sayohatdan keyin koronavirus bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini gumon qilmoqda

Shvetsiyalik ekologiya faoli Greta Tunberg Yevropa bo‘ylab qilgan sayohatidan keyin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab ikki hafta o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgani haqida gapirib berdi. U bu haqda o‘zining Instagram’dagi sahifasida post yozgan.

Gretaning so‘zlariga ko‘ra, u onasi va singlisidan uzoqda, o‘zi ijaraga olgan kvartirasida karantinda o‘tiribdi.

"Taxminan o‘n kun avval koronavirusning yangi alomatlarini seza boshladim, men bilan Bryusselda birga sayohat qilgan otamda ham kasallik belgilari namoyon bo‘lgan”, — deya yozgan Tunberg.

U charchoq his etgani, titroq, tomoq og‘rig‘i kuzatilgani, shuningdek, yo‘tal kuzatilganini qayd etgan. Ekologiya faoli otasida ham shunga o‘xshash kasallik belgilari kuzatilgani, hatto kuchliroq ta’sirlar bo‘lganini ham ta’kidlagan, ya’ni isitma ham ko‘tarilganini bildirgan.

Tunbergning aytishicha, Shvetsiyada tibbiyot yordamiga muhtoj fuqarolarning koronavirusga qon tahlili topshirishining imkoni yo‘q va hukumat o‘zini yomon his etayotgan barcha fuqarolarga uyda o‘tirish, o‘z-o‘zini ijtimoiy izolyatsiya qilishni tavsiya qilmoqda.

"Shu sababli men COVID-19 ga tahlil topshirmadim, lekin katta ehtimol bilan menda kasallik belgilariga o‘xshash alomatlar kuzatilgan”, — deydi Tunberg.

BMT minbaridan turib dunyo davlatlarining rahbarlarini tanqid qilgan Greta koronavirus infeksiyasining belgilari yoshlarda zaifroq kechishi, ba’zan uzoq vaqt yashirin davrda bo‘lishini ta’kidlagan. Tabiat himoyachisi yoshlarning virus xavfini sezmasdan boshqalarga ham koronavirus yuqtirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Jons Xopkins universiteti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 ming nafardan oshgan. Xitoydan tashqari eng ko‘p yuqtirib olish holati Italiyada kuzatilgan — 69 ming kishi, o‘limlar soni bo‘yicha ham ushbu davlat yetakchilik qilmoqda — 6,8 ming nafardan ko‘proq kishi. AQShda 49,7 ming nafar odamda koronavirus aniqlangan, 600 nafar kishi COVID-19 keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031