• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » Google jonivorlarning uch o‘lchamli modelini real hayotda aks ettirish imkonini taqdim etdi
10:36
Google jonivorlarning uch o‘lchamli modelini real hayotda aks ettirish imkonini taqdim etdi

Google qidiruv tizimida ayrim uch o‘lchamli obyektlarni topish va ularni qo‘shimcha reallik rejimida tomosha qilish imkoniyati mavjud, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Bu esa smartfon yordamida virtual obyektlarni qurilmaning kamerasi orqali reallikka ko‘chirish mumkin degani.

Sodda qilib aytganda, smartfon ekranidagi obyekt xuddi yonginangizda turgandek ko‘rinadi. Buning uchun o‘ta zamonaviy smartfon kerak bo‘lmaydi. Android 7.0 boshqaruvidagi hamda Google Play o‘rnatilgan smartfon bo‘lsa, yetarli.

iOS uchun operatsion tizimning 11-versiyasi hamda iPhone SE, iPhone 6S, 7-avlod iPod touch yoki 5-avlod iPod kabi qurilmalardan biri kerak bo‘ladi. To‘liq ro‘yxat bilan mazkur havolada tanishish mumkin.

Shunday qilib, uch o‘lchamli jonivorni xonangizda ko‘rish uchun hech qanday qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas. Brauzerning o‘zi yetadi. Google Chrome yoki Safari’ga kirib, biron jonivorning nomini yozamiz.

Masalan, "o‘rdak” so‘zini kiritamiz. Qidiruvga berayotganda "o‘rdak 3D” emas, oddiy "o‘rdak” deb yozish kifoya.
Bizga jonivor haqidagi asosiy ma’lumotlardan iborat karta kerak. Bu smartfonda, odatda, qidiruv natijalarining boshida ko‘rinadi.

Uch o‘lchamli jonivorning qo‘shimcha reallikda ochish uchun "3D da tomosha qilish” tugmasini bosamiz. Jonivorning modeli aks etgan yangi oyna ochiladi. Ekranning ustki qismida "DR” (Qo‘shimcha reallik) va "Obyekt” so‘zlari ko‘rinadi.

Birinchi oyna jonivorni qo‘shimcha reallikda ko‘rsatadi, ikkinchisi esa uni ekranda ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, jonivorni ekranning istalgan qismiga olib borish, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoni ham bor. Katta mushukni yoningizga o‘tqazib qo‘yishga hech kim xalal bermaydi.

Qidiruv tizimida quyidagi jonivorlarning uch o‘lchamli modelini tomosha qilishingiz mumkin:

yenot

Pasxa quyoni

sher

yo‘lbars

gepard

akula

tipratikon

o‘rdak

pingvin

bo‘ri

echki

ilon

burgut

ayiq

alligator

ot

poni oti

toshbaqa

mushuk

sakkizoyoq

it

mops

fransuz buldogi

pomeran shpitsi

bug‘u

katta panda.

Qayd etilishicha, jonivorlar ro‘yxati to‘ldirib borilmoqda. Masalan, Pasxa quyoni yaqinda qo‘shilgan.

Bundan tashqari, nafaqat jonivorlar, balki sayyoralarni ham uch o‘lchamda ko‘rish mumkin. Qidiruvda sayyoraning ingliz tilidagi nomi va in depth deb yozilsa bo‘ldi.

Sayyoralarni izlash biroz qiyin, chunki ularning modeli NASA’ning saytiga bog‘langan. Tizim esa har doim ham NASA saytini birinchi bo‘lib ko‘rsatavermaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:565 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь