• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 17 » Gonkongda qurollangan shaxslar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi
16:22
Gonkongda qurollangan shaxslar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi

Xitoyning Gonkong shahrida koronavirus tufayli birlamchi ehtiyoj mahsulotlarining yetishmasligidan vahimaga tushgan qurollangan bosqinchilar 600 o‘ram hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasiga tayanib, "TASS” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli asosiy mahsulotlar yetishmay qolishidan xavotirga tushgan gonkongliklar go‘sht, guruch, lag‘mon, hojatxona qog‘ozi, sovun va shu kabi boshqa mahsulotlarni ulgurji sotib ola boshlashgan.

Gazetaning yozishicha, dushanba kuni soat 6:00 larda niqoblangan uch kishi Gonkongdagi do‘konlardan birining oldida mahsulot yetkazib beruvchidan taxminan 50 qadoq hojatxona qog‘ozini o‘g‘irlab ketgan. Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilardan birining qo‘lida pichoq bo‘lgan. Voqea sababli ko‘rilgan moddiy zarar miqdori qariyb 130 dollarni tashkil etgan.

Yakshanba kuni Gonkong Iste’molchilar kengashi bosh direktori nam iqlim sharoitida mog‘orlab ketishi mumkinligi sababli mahalliy aholiga hojatxona qog‘ozini juda ko‘p sotib olmaslikni va uyida juda ko‘p miqdorda saqlamaslikni tavsiya etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchilar hojatxona qog‘ozi tanqisligi bo‘lmasligini aytgan.

Avvalroq Xitoyda koronavirus epidemiyasi chekinayotgani, Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Xitoyda koronavirusga qarshi kurashda "hal qiluvchi palla” kelgani, koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkinligi xabar berilgan.

Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi "Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 70 548 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:480 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829