• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 30 » Giyohli sharbat yoki gazli suv: qaysini tanlaysiz?
08:29
Giyohli sharbat yoki gazli suv: qaysini tanlaysiz?

Havo haroratining yuqorilib ketishi, insonning suvga bo`lgan ehtiyojini oshiradi. Ko`chadagi yoshlarning chanqoqni qondirish uchun qo`lida turli xildagi gazli ichimliklarni olib yurganini ko`ramiz.

Do`konlarda ham bunday shirin gazli ichimliklar xaridorgir hisoblanadi. Aslida uni foydasi bormi? Zararichi?

Uning foyda-zararini hisoblashni har kimning o`ziga havola etgan holda sizga taklif bermoqchimiz. Agar ma`qul kelsa, iste`mol qilib ko`ring.

Tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino haqidagi rivoyatlarda buyuk tabibning giyohlar bilan tillashgani, tabiatdagi barcha o`t-o`lanlar unga o`z sirlarini ochgani aytiladi, Bu bejiz emas. Zero, ota-bobolarimiz qadimdan turli xastaliklarga davoni tabiatdan izlashgan, giyohlarning shifobaxsh xususiyatlari, foydali va zararli jihatlarini o`rganib, ulardan kundalik hayotda unumli foydalanishgan. O`simliklar biz uchun ham oziq, ham shifo manbai. Faqat ularning xususiyatini puxta o`rganish va shunga ko`ra to`g`ri foydalanish kifoya.

― Odam-tabiatning bir bo`lagi. Qolaversa, shifobaxsh malhamlar inson tanasiga tez singib, tuzalishiga yordam beradi,-deydi Sergeli tumanida yashovchi Feruza Sattorova.- O`zimdan qiyos: oshqozonosti bezi kasalligi tez-tez bezovta qilib turardi. Turli kimyoviy dorilarni ichdim, ukollar oldim. Ular vaqtinchalik ta`sir qilib, keyin yana og`riqlar boshlanardi. Shifokor tavsiyasi bilan doimiy ravishda na`matak, dalachoy kabi shifobaxsh ne`matlarni iste`mol qildim. Shukrki, bu damlamalar ijobiy samara berdi. Keyingi yillarda shahrimiz dorixonalarida "fitobar” burchagi tashkil etish ommalashdi. Bunday dorivor giyohlardan foydalanish barcha oilaviy poliklinikalarda ham yo`lga qo`yilgan. Fitobarlar orqali aholiga etkazilishi majburiy bo`lgan dorivor giyohlar ro`yxatdan na`matak, limono`t, tog`rayhon, do`lana va qora qorag`at kabilar joy olgan.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tabiiy giyohlardan tayyorlangan damlamalar immunitetni kuchaytiradi, turli kasalliklarning asoratlarini yo`qotadi, sog`liqni tez tiklashga yordam beradi. Qolaversa, kimyoviy dori vositalaridan farqli o`laroq bezarar. Misol uchun, limon o`t – nafas va yurak qon tomir tizimi, jigar faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi. Na`matakning 300 grammini 3 litr suvda 1 soat davomida qaynatib, qaynatma quloqqa tomizilsa, quloq og`rishiga va shang`illashida yaxshi natija beradi. Immunitetning ko`tarilishiga yaxshi yordam beradi.

- Na`matak, o`rik sharbatining bir nechta kasalliklarga davo bo`lishini ko`pchilik biladi, - deydi oliy toifali shifokor Fotima Mahmudova. – Yoki dalachoy o`simligining xususiyatlariga e`tibor qaratsangiz, giyohlarning foydali jihatlari ko`pligiga amin bo`lasiz. Bu giyoh yara to`qimalarini tez bitiruvchi ta`sirga ega bo`lib, tibbiyotda me`da-ichak, og`iz bo`shlig`i kasalliklarida va II, III darajali kuyishni davolashda ishlatiladi. Demak, kundalik turmushda ham doimiy ravishda giyohli damlama va choylarni iste`mol qilish sog`liq uchun faqat foydali.

Qachondir yurtimiz tadbirkorlari xalqimiz uchun ana shunday salqin ichimliklar ishlab chiqarishni boshlar. Balki, ana shunda sog`liq uchun koni zarar ekani bot-bot takrorlanayotgan gazli ichimliklardan voz kecharmiz. Agar shunday bo`lsa, har jihatdan yutuqqa erishgan bo`lardik, nazarimda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1485 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930