• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 3 » G‘uzorda koronavirus bemori vafot etgan shifoxonada ahvol qanday?
09:37
G‘uzorda koronavirus bemori vafot etgan shifoxonada ahvol qanday?

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimining Qashqadaryoning G‘uzor tumanida koronavirusdan vafot etgan bemorning murdasi 15 soat shifoxonaning ichida turgani haqidagi murojaati tarqaldi. Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu murojaatni o‘rganib, natijalarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur videomurojaat G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya bo‘limi navbatchi hamshirasi tomonidan tarqatilgan. Bu hamshira reanimatsiya bo‘limiga olib kelinganidan so‘ng koronavirusga chalingani aniqlangan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish va vafotidan keyin uni dafn etish jarayonlariga aralashmagan.

G‘uzor tumanida yashovchi 64 yoshli S.H. shu yilning 29 iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli shifokorga kech murojaat qilgan. G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga ikki tomonlama o‘tkir pnevmoniya og‘ir darajasi, yurak va nafas yetishmovchiligi va qandli diabet og‘ir kechishi tashxisi bilan yotqizilgan.

Qayd etilishicha, bemor reanimatsiya bo‘limiga og‘ir ahvolda "Tez tibbiy yordam” mashinasida olib kelingan. U va yaqinlari "Tez tibbiy yordam” shifokoriga Toshkent viloyatiga borib kelishganini aytishmagan. Bemor qandli diabet kasalligi bilan og‘riganligini ma’lum qilganligi sababli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, zudlik bilan reanimatsion muolaja ko‘rsatish maqsadida uni jonlantirish bo‘limiga keltirilgan. Navbatchi shifokor tomonidan infeksionist chaqirtirilgan. Mutaxassislar COVID-19 ga gumon qilganligi sababli bemordan surtma olingan va viloyat virusologiya labarotoriyasiga yuborilgan. Bemor darhol izolyatsiya qilinib, shifokor va hamshira maxsus himoya kiyimida davolash jarayoniga jalb etilgan.

Mutaxassislar tomonidan standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor 2020 yil 30 iyun kuni o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. Undan olingan surtma respublika virusologiya laboratoriyasida takroriy COVID-19 tahlilidan o‘tkazilgan va musbat natija aniqlangan.

O‘lim qayd etilganidan so‘ng marhum barcha sanitariya qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda dafn etilgan. U bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi karantin nazoratiga olingan. Karantinga olingan fuqarolardan faqatgina bir nafar shifokor va bir nafar hamshira bemor bilan birlamchi muloqotda bo‘lishgan.

Belgilangan tartiblarga asosan marhumning jasadi dezinfeksiya qilingan holda dafn etish choralari belgilangan. Maxsus virusologik laboratoriya tahlili chiqqunicha, dezinfeksiya va dafn etish tadbirlari tashkil etilguniga qadar jasad reanimatsiya bo‘limi izolyatsiya xonasida saqlab turilgan. 

Shundan so‘ng marhumning jasadi viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida "Tez yordam” maxsus mashinasida olib borilib, dafn etilgan. Marhumni davolashda, jasadni dezinfeksiya qilishda, shifoxonadan olib chiqib, dafn etishda hamshira va shifokorlardan hech kim ishtirok etmagan.

G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli karantindagi tibbiyot xodimlariga 30 iyun kuni jami 45 million so‘mlik tibbiy buyumlar, himoya kiyimlari va dori-darmon vositalari yetkazilgan. Tuman hokimligi tomonidan karantindagi fukarolarni ovqatlantirish uchun 44,5 million so‘m ajratilmoqda. Karantin hududida barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Karantinda ishlaydigan tibbiyot xodimlariga ish haqiga qo‘shimcha tarzda 6 foizlik rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:439 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031