• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Avgust » 7 » G‘azoga qilingan hujumlarda “Islomiy jihod”ning yana bir qo‘mondoni yo‘q qilindi
18:07
G‘azoga qilingan hujumlarda “Islomiy jihod”ning yana bir qo‘mondoni yo‘q qilindi

Falastin "Islomiy jihod” guruhining yuqori martabali qo‘mondoni Xolid Mansur Isroilning G‘azo sektoriga qilgan havo hujumi natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda "Al-Quds” brigadasining harbiy qanotiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi. 

"Harbiy kengash a’zosi va janubiy mintaqa qo‘mondoni Xolid Said Mansur kecha, 6 avgust kuni tunda Rafah shahriga uyushtirilgan havo hujumi chog‘ida halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda. 

Aytish joizki, bu ikkinchi shunday holat – 5 avgust kuni "Islomiy jihod” anklavning shimoliy qismidagi guruhning harbiy qanotiga qo‘mondonlik qilgan Taysir al-Jabariyning o‘limi haqida xabar berilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 kishiga, yaralanganlar 253 kishiga yetdi.

Isroilning bugun, 7 avgust kuni ertalab bergan qator zarbalaridan so‘ng, qutqaruvchilar Rafahdagi qulagan bino vayronalari ostidan sakkiz kishining jasadini, jumladan uch ayol va bir bolani olib chiqqan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari Falastin "Islomiy jihod” guruhining terroristik nishonlariga qarshi olib borilayotgan "Tong” operatsiyasiga start berdi.

Armiya G‘azodagi nishonlarga zarba bergan. Bugun, 6 avgust kuni soat 20:00 gacha sektor atrofidagi 80 kilometrlik hududda favqulodda holat amal qiladi. Ochiq maydonda o‘ndan ortiq va yopiq joylarda 50 dan ortiq odamni yig‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ta’lim faoliyati taqiqlangan.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda "terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

Falastinning G‘azo sektoridagi hukmron HAMAS harakati keskinlashuvda Isroilni ayblagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:445 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031