• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 30
Гостей: 30
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » FVV havo sovigani sababli aholiga murojaat bilan chiqdi
11:38
FVV havo sovigani sababli aholiga murojaat bilan chiqdi

Kecha, 8 aprel kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib, qor yog‘ishi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur vaziyatda aholiga murojaat bilan chiqdi. 

Havo haroratining pasayishi gaz va boshqa turli isitish moslamalaridan foydalanish holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bunda ulardan foydalanishda ehtiyotsizlik yong‘inlarga hamda is gazidan zaharlanishga olib kelishi mumkin.

"Shuning uchun gaz moslamalaridan foydalanishda ogoh bo‘lishingizni hamda quyidagi zarur ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz:

•    nosoz, qo‘lbola va nostandart gaz va boshqa isitish moslamalaridan foydalanmang;

•    gaz va isitish moslamalarini, ayniqsa, kechasi nazoratsiz qoldirmang;

•    xonalarni isitish uchun gaz plitalaridan foydalanmang;

•    alangalanuvchi buyumlarni isitish pechlari va moslamalari yaqinida qoldirmang;

•    isitish moslamalaridan ishlab chiqaruvchi korxona yo‘riqnomasida keltirilgan tartibda foydalaning;

gaz hidi/sizib chiqishi aniqlanganda elektr uskunalari va ochiq olovdan foydalanmang. Bu holda xonani zudlik bilan shamollatib, 104 raqami orqali gaz avariya xizmatini chaqirish zarur”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, havo haroratining pasayishi va qor yog‘ishi sababli respublikaning ko‘plab hududlarida elektr energiya ta’minoti uzilib qoldi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:570 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь