• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 28
Гостей: 28
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Dekabr » 4 » Futzal bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Tashkent Cup − 2014 g‘olibiga aylandi
13:45
Futzal bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi Tashkent Cup − 2014 g‘olibiga aylandi

Qozog‘iston terma jamoasi 1−3-dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Tashkent Cup − 2014 xalqaro turniri g‘olibiga aylandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.3-dekabr kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston” sport majmuasida Tashkent Cup − 2014 xalqaro turnirining 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnirning so‘nggi turidan o‘rin olgan ilk o‘yinda Qozog‘iston va Belarus terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur o‘yinda Qozog‘iston terma jamoasi g‘olib bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston − Ozarbayjon o‘yini natijasidan qat’i nazar turnir g‘olibiga aylanardi. Har ikkala terma jamoa a’zolari ham ancha ochiq va chiroyli o‘yin namoyish etishdi va o‘yin gollarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasigacha 3:3 hisobi qayd etilib turgan edi, ammo so‘nggi daqiqada qozog‘istonlik futzalchilar g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, Qozog‘iston terma jamoasi o‘z ochkolari sonini 7 taga yetkazdi va Tashkent Cup − 2014 xalqaro turnirining bu yilgi g‘olibiga aylandi.

Kunning ikkinchi o‘yinida esa, O‘zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Mazkur o‘yin ham gollarga boy bo‘ldi va yakunda Ozarbayjon terma jamoasining 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. Birinchi bo‘limning ilk daqiqalarida Ozarbayjon termasi futzalchilari tezkor ikkita gol urib oldinga chiqib olishdi, ammo Bahodir Ahmedov shogirdlari bo‘lim o‘rtasida ketma-ket uchta to‘p kiritib birinchi bo‘limni g‘olib sifatida tark etishdi – 3:2. Ikkinchi bo‘limda esa, Ozarbayjon terma jamoasi a’zolari ko‘p vaziyatlarda ustunlik qilishdi va 4 ta gol urib yakunda g‘alaba qozonishdi – 6:3.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ochko bilan turnirda uchinchi o‘rinni oldi. Qozog‘iston 7 ochko bilan turnir g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Ozarbayjon termasi 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Belarus terma jamoasi esa turnirni 1 ochko bilan yakunladi.

Turnir yakunida terma jamoalar orasida eng yaxshilar aniqlandi va ular turnir tashkilotchilari tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. Qozog‘iston terma jamoasi darvozaboni Igita esa, Tashkent Cup − 2014 turnirining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Futzal. Tashkent Cup − 2014

3-dekabr

Belarus − Qozog‘iston 3:4

O‘zbekiston − Ozarbayjon 3:6.
Категория: Futbol Yangiliklari | Просмотров:1631 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031