• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 16 » Fransiyadagi taniqli brendlarning atir ishlab chiqaruvchi zavodlari bepul qo‘lni dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlab chiqaradi
18:52
Fransiyadagi taniqli brendlarning atir ishlab chiqaruvchi zavodlari bepul qo‘lni dezinfeksiyalovchi vositalarni ishlab chiqaradi

LVMH konserni o‘zining parfyumeriya ishlab chiqaruvchi liniyalarini qo‘lni dezinfeksiya qiluvchi vositalar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Sanitayzerlar Christian Dior, Givenchy va Guerlain brendlar uchun parfyumeriya ishlab chiqaruvchi uchta zavodda ishlab chiqarila boshlaydi.

Qayd etilishicha, ushbu zavodlar Orlean, Shartr va Bove shaharlarida joylashgan.

LVMH antiseptiklarni Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etadi. Mahsulot yetkazib berish 16-martdan boshlanadi. Konsern birinchi haftada 12 tonna mahsulot ishlab chiqaradi. Mahsulot unga bo‘lgan talab to‘liq qondirilgunga qadar ishlab chiqariladi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 15-mart holati bo‘yicha Fransiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 4469 nafarni tashkil qilgan. Sakkizta o‘lim holati qayd etilgan. Mamlakat kasallar soni bo‘yicha Yevropada uchinchi o‘rinda turibdi. O‘zbekistonda qayd etilgan birinchi holatda ham bemor koronavirusni Fransiyada yuqtirib kelgani aytildi. Hozirda O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq 6 ta holat qayd etildi. Bemorlarning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

Avvalroq Fransiyadagi Eyfel minorasi koronavirus sabab tashrif buyuruvchilar uchun yopilgani xabar berilgan edi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus sabab Fransiyadagi barcha ta’lim muassasalarini yopish bo‘yicha topshiriq bergan, shuningdek, u G7 davlatlarining rahbarlari bilan videokonferensiya o‘tkazilishi, unda koronavirus oqibatlari, kasallikka qarshi vaksina ishlab chiqish, COVID-19 tarqalishi oqibatida yuzaga keladigan moliyaviy, iqtisodiy muammolar muhokama qilinishini bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:575 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031