• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Fransiyada 700 ga yaqin harbiy dengizchi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi
10:25
Fransiyada 700 ga yaqin harbiy dengizchi koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi

"Sharl de Goll” harbiy kemasida va "Shevalye Pol” fregatida 668 nafar fransuz dengizchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, France Bleu nashri xabar bergan.

14-aprel oqshomida kemalarning 1767 nafar a’zosi koronavirusga test topshirgan.

"Ayni vaqtda 31 nafar odam Tulondagi Avliyo Anna gospitaliga joylashtirilgan, ulardan biri jonlantirish bo‘limidagi alohida xonaga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda. Harbiylar kasallanganlar soni bo‘yicha raqamlar o‘zgarishi mumkinligini ham ta’kidlagan.

Aviatsiya maqsadlarida foydalaniladigan ulkan harbiy kema Tulon portiga 12-aprelda muddatidan avval, 23-aprelgacha davom etishi kerak bo‘lgan missiyasini yakuniga yetkazmasdan, qaytib kelgan. Mamlakatda kemalar so‘nggi bor 15-mart kuni portga kirgan. Fransiya sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislari dengizchilarning koronavirus infeksiyasini qanday yuqtirib olganini tushuntirish qiyinligini ta’kidlagan.

Kema bortida koronavirus infeksiyasi borligi 8-aprel kuni gumon qilingan va shu kunning o‘zida "Sharl de Goll” harbiy kemasiga infeksiyani aniqlovchi testlar bilan maxsus shifokorlar guruhi yetib kelgan. Tahlillardan keyin kemada 50 nafar kasallik tashuvchisi borligi aniqlangan.

Fransiya harbiy kemasining 1700 nafar va "Shevalye Pol” fregatining 200 nafar dengizchisi ikki hafta muddatga Tulondagi harbiy dengiz bazasi Vareda karantingan olingan. Izolyatsiya bilan parallel ravishda kemadagi barcha harbiy qurollar va samolyotlar dezinfeksiya qilina boshlandi. Maxsus operatsiya milliy flot bo‘linmalari, Marsel o‘t o‘chiruvchi matroslarining batalyoni va fuqarolik bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Avvalroq Rossiya armiyasida koronavirus bilan kasallangan harbiylar borligi ma’lum bo‘lgani, Xorazmda harbiy qismdagi karantindagilar orasida koronavirus tarqalganining tasdiqlangani haqida xabarlar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь