• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 22 » Frankfurtda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi.
18:33
Frankfurtda 200 dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirokida futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Chet ellarda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan aloqalarni mustahkamlash sa'y-harakatlari doirasida Germaniyaning Frankfurt shahrida futbol turniri bo‘lib o‘tdi.
 
6-marta o‘tkazilgan "Davra kubogi” uchun turnir O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, "Davra” Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati va GFRdagi O‘zbekiston elchixonasi (Berlin) hamkorligida tashkil etilib, unda Germaniya va Chexiyadan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
 
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniyadagi vakillari ishtirok etgan tadbirda 200 dan ortiq Yevropada yashayotgan o‘zbek yoshlari o‘z oilalari va farzandlari bilan qatnashdi.
 
Tadbirda asosiy sport musobaqasi bilan bir qatorda turli milliy o‘yinlarimiz ham tashkil etilib, o‘zbeklar uchun an'anaviy bayram taomi – palov tarqatildi. Turnir mobaynida bir qator o‘zbekistonliklar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
 
Aleksandr Gumboldt nomidagi universitet dotsenti, Potsdam geotadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Abror G‘ofurov:
 
– Frankfurt shahridagi futbol turniriga 200 dan ortiq vatandoshlarimiz Yevropaning turli shaharlaridan o‘z jamoalari, oilalari va farzandlari bilan kelib, do‘stona musobaqalar o‘tkazmoqda. Bu, albatta, xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar uchun katta ma'naviy va madaniy ozuqa desam, xato bo‘lmaydi. Chunki ko‘pchiligimiz nemis tashkilotlarida ishlab doimo germaniyalik hamkasblar bilan muloqotda bo‘lamiz, asosiy vaqtimizni ular bilan o‘tkazamiz. Bugungi kabi vatandoshlar bilan uchrashuvlar esa bizda yurtimizga bo‘lgan sog‘inchni qaysidir ma'noda qondirishga, o‘zaro fikrlar almashib, urf-odatlarimizga xos suhbatlar o‘tkazishimizga imkoniyat yaratadi.
 
Shu o‘rinda aytish kerak, Vatanimiz taraqqiyotida chet ellarda yurgan o‘zbeklarning ham o‘z o‘rni bor. Ular nafaqat O‘zbekistonga bilim, sarmoya va texnika olib kelmoqdalar, shuningdek, o‘zlari yashayotgan mamlakatlarda yurtimizni namoyish etib, uning madaniyati va urf-odatlarini xorijliklarga ko‘rsatmoqda. Mazkur tadbir uchun tashkilotchilarga minnatdorligimiz cheksiz!
 
"Mana bugun O‘zbekistonning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonalari va "Davra” Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan futbol turnirida "Praga-mahalla” jamoasi tarkibida ishtirok etyapman. Musobaqa nafaqat sport tadbiri, shuningdek, Yevropada yashayotgan o‘zbekistonliklarni bir-biri bilan tanishtirish, ularni birlashtirish va o‘zaro muloqotga kirishishlariga imkoniyat yaratuvchi platforma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi”, deydi Pragada yashovchi o‘zbekistonlik Olim Obidov.
 
Категория: Har-Hil | Просмотров:940 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь