• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 14 » Fitch koronavirusning dunyo avtomobil bozoriga salbiy ta’siridan ogohlantirdi
17:02
Fitch koronavirusning dunyo avtomobil bozoriga salbiy ta’siridan ogohlantirdi

Koronavirusning tarqalishi Xitoyda avtomobil sotish hajmining pasayishiga va butun dunyo bo‘ylab avtomobillar yetkazib berish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblamoqda Fitch xalqaro reyting agentligi. "Kommersant”ning yozishicha, agentlik ekspertlari sotish va yetkazib berish hajmining pasayishi 2020-yilda avtomobil sektori muammolarini yanada kuchaytiradi, degan fikrda.

Agar kasallik avj olishi qisqa muddatli bo‘lsa, uning tarqalishi avtomobil kompaniyalarining kredit ko‘rsatkichlariga kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holatda virusning ta’siri keyingi bir necha oy ichida seziladi, shundan so‘ng savdo ko‘rsatkichlari tiklanadi, deya taxmin qilmoqda Fitch.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning pasayishi ko‘proq avtomobil bozoriga ta’sir ko‘rsatadi. Fitch Xitoyning eng yirik yangi avtomobillar yetkazib beruvchisi ekanligi, unga dunyo bo‘ylab sotuvning 30 foizi to‘g‘ri kelishini ta’kidlab o‘tgan.

Agentlik Xitoyda sotuvlar aprel oyida tiklanib, 2020-yilning ikkinchi yarmida tezlashishini taxmin qilmoqda. Mutaxassislar Xitoyda ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi oqibatida yuzaga kelgan uzilishlar fevral yoki mart oylarining boshlariga qadar davom etadi, deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, bu hammadan ko‘proq nemis avtomobil ishlab chiqaruvchilariga katta zarba bo‘ladi. Daimler va BMW foydaning qariyb 30 foizini Xitoydagi umumiy sotuvlardan oladi, VW esa — taxminan 40 foizini.

Shuningdek, virusning tarqalishi birinchi yarim yillikda Amerikaning Ford va General Motors kompaniyalariga ham ta’sir qiladi. 2019-yilda Ford sotuvining qariyb 40 foizi Xitoy ulushiga to‘g‘ri kelgan, GM esa koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubeyda bir nechta avtomobil modellarini ishlab chiqaradi. Shu sababli provinsiyadagi deyarli barcha zavodlarda ish to‘xtatilgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 13-fevral holati bo‘yicha kasallikni yuqtirib olganlar soni bir sutkada 5090 kishiga ortib, 63 851 ga yetgan. Ekspertlar koronavirus bilan Yer aholisining uchdan ikki qismi kasallanishi mumkin, degan fikrda. Virus sababli Xitoyning 300 ta kompaniyasi  8,2 milliard dollar miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:517 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829