Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1083
Кино премьера
Статистика


Statok.net


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

Olimjonmavlonovoff
Olimjonmavlonovofficial
shaxboz_1998
Man18
maks
Fedex-85
Azez
Eltin
begmatov
5707313
Главная » 2018 » Iyun » 7 » Fazliddin G‘oibnazarov: Havaskor boksda hali o‘z so‘zimni aytganim yo‘q
14:56
Fazliddin G‘oibnazarov: Havaskor boksda hali o‘z so‘zimni aytganim yo‘q

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati Rio—2016 Olimpiadasi chempioni ayni damda professional boksda faoliyatini olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarov bilan suhbat uyushtirdi. "Daryo” intervyuni juz’iy tahrirlash bilan qaytadan e’lon qiladi
Professional boksdagi faoliyat haqida

Professional boksdagi faoliyatim muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha to‘rtta jang o‘tkazib, ikkitasida nokaut evaziga g‘alaba qozondim. Navbatdagi jangim 14-iyul kuniga rejalashtirilmoqda. Raqibim hozircha noma’lum. Yaqin orada aniq ma’lumotlar e’lon qilinadi. Professional boksdagi qiyinchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsam, vazn borasida biroz qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Havaskor boksda -64 kilogramm vazn toifasida jang o‘tkazardim. Hozir esa 61,2 kilogramm vaznli bokschiman. Umuman olganda ko‘nikish qiyin bo‘lgani yo‘q. Axir prof ringga karate orqali kirib borganim yo‘q-ku.

Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi

Havaskor boksda hali o‘z so‘zimni aytganim yo‘q

Olimpiada chempioni bo‘lganimga qaramay, havaskor boksda hali erishishim lozim bo‘lgan yutuqlar bor. Axir O‘zbekistonda hali boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni yo‘q. Nima uchun men bu borada birinchi bo‘la olmasligim kerak? Agar Milliy olimpiya qo‘mitasi, murabbiylar shtabi tomonidan shunday taklif bo‘lsa faxr va iftixor bilan Olimpiya o‘yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman. Asosiysi menga ishonishlari lozim. Men doimo tayyorman. Riodagi Olimpiada oldidan tarkibda mendan ham kuchli bokschilar bor edi. Ammo, murabbiylar shtabi menga ishonch bildirdi. Orada mag‘lubiyatlarga ham uchradim.

Olimpiada finalidagi raqibim Lorenso Sotomayorga 2015-yili Ozarbayjondagi musobaqada yutqazganman. Aslida o‘shanda mag‘lub bo‘lmagandim, murabbiylar buni ko‘rishgan. Hakamlar xatosi tufayli u g‘alaba qozongan. Keyin esa Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan qo‘shma yig‘in o‘tkazganmiz. O‘shanda Sotomayorga qarshi sparring jangda g‘alaba qozonganman. Buni barcha ko‘rgan. Rio Olimpiadasida uning finalga yetib borishi men uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Hal qiluvchi jangda umuman boshqa bokschini kutgandim. Chunki -64kg vazn toifasida kuchli bokschilar yetarli edi. O‘shanda o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlay olgandim. Bu safar taklif qilishsa, yana ishtirok etaman. Lozim bo‘lsa ichki musobaqalarda qatnashib, yaxshi formada ekanligimni isbotlayman.

Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi

Rioda professional bokschilar medal qo‘lga kirita olmagan

Riodagi Olimpiya o‘yinlarida professional bokschilar ham ishtirok etgan. Ammo ularning xech biri medal qo‘lga kirita olmagan. Chunki professional boksda siz asosiy e’tiborni bitta jangga qaratasiz. Jangdan so‘ng sizda oylab tanaffus bo‘ladi. Havaskor boksda esa bunday emas. Bugun jang o‘tkazdingizmi? Ertaga yoki bir kun o‘tib navbatdagi bahsda ringga chiqasiz. Bunday vaziyatda bo‘shashmaslik lozim. Bu professional bokschi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi degani emas. Bo‘lishi mumkin. Shunchaki, Olimpiadadan kamida 9 oy oldin professional bokschi havaskorlar bilan birga mashg‘ulotlar olib borishi, ularning uslubiga qayta ko‘nikishi lozim bo‘ladi.

Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi

Islohotlar haqida

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohotlar yoshlar uchun ayni muddao. Bu sport rivoji yo‘lida katta ahamiyatga ega. Bolalar bizning kelajagimiz. Yoshlarimiz yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini olib borishlarini istardim.

Fazliddin G‘oibnazarov, bokschi
Категория: Har-Hil | Просмотров: 41 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Мултьфилм премера