• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 28 » Farhod Alimov: “Rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q”
23:11
Farhod Alimov: “Rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q”

Ayni kunlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va Farhod Alimovning turmush qurishlari haqidagi gaplar internet bo‘ylab tarqalmoqda. Bir-biridan o‘zib, yangidan-yangi fikrlarni kiritayotgan nashrlar, saytlardagi maqolalarni, albatta, Farhod va Rayhonning muxlislari kuzatib borishmoqda. OAVdan tashqari bu borada har bir muxlisning o‘z fikri bor. Ko‘pchilik internet foydalanuvchilari esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va boshlovchi Farhod Alimovning to‘yi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini ijtimoiy tarmoqlarga yozib qoldirishmoqda. 
 
Albatta, yozilgan izohlar orasida ularga baxt tilaganlar ham talaygina, biroq to‘yga qarshi chiqayotgan muxlislar ham yo‘q emas.
 
Gap shundaki, boshlovchi Farhod Alimov sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan, uning ikki qizi va bir o‘g‘li bor. Internet foydalanuvchilari orasida Farhodning oilasi bilan ajrashishida Rayhon G‘aniyevani ayblaganlar ham bor. Boshlovchi Farhod Alimov bilan telefon orqali bog‘langanimizda, u bu borada muxlislarga aytadigan gaplari borligini ma'lum qildi.
 
Farhod Alimov, boshlovchi:
— Hurmatli do‘stlar! Mening Rayhon G‘aniyeva bilan nikohim haqida internet saytlarida chop etilgan maqolalarni o‘qib, ochig‘i,  muxlislarning aytgan fikrlaridan ranjidim. Men ushbu gaplarga oydinlik kiritmoqchiman.
 
Birinchidan, men farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman. Ular so‘nggi nafasimga qadar mening qaramog‘imda bo‘lishadi. Garchi ularning onasi bilan ajrashishga qaror qilgan bo‘lsak-da, men farzandlarimga bor mehrimni bera olaman.
 
Ikkinchidan, sobiq rafiqam bilan ajrashishimga Rayhonning mutlaqo aloqasi yo‘q. Sobiq rafiqam bilan rasman 2016 yilning may oyida ajrashganmiz. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bilan aloqalarimiz, shu yil kuz faslining ilk oylarida boshlangan.
 
To‘g‘ri, biz bir-birimizni avval ham tanirdik. Ammo o‘rtamizda hech qanday munosabat, iliqlik yo‘q edi. Salom-alikdan nariga o‘tmaganmiz. Farzandlarimning onasi bilan esa do‘st bo‘lib qolganmiz.
 
Men ayni vaqtda 40 yoshdaman, Rayhon esa 38 da. Biz oilamizdan ajrashganmiz va ayni vaqtda erkin insonlarmiz. Birovga tuxmat toshini otish va qoralashdan avval, muxlislardan vaziyatga to‘g‘ri baho berishlarini so‘ragan bo‘lardim.
 
Farhod Alimovning Rayhon G‘aniyeva bilan munosabatlari "Izlama” klipini suratga olish jarayonida boshlangan, boshlovchi oilasidan Rayhon tufayli ajrashgan” qabilidagi gap-so‘zlar noto‘g‘ri, bularning hammasi uydirma! Ijodkor bo‘lsak-da, siz kabi oddiy insonmiz, bizda ham yurak bor.
 
 
Ma'lumot uchun, Rayhon G‘aniyevaning Yigitali Mamajonov bilan turmushidan Imron va Islom ismli egiz farzandlari, Farhod Alimovning esa Bernara, Umar va Latifa ismli uch nafar farzandi bor.
 
Rayhon G‘aniyevaning farzandlariga qanchalar e'tibor berishini uning ijtimoiy tarmoqqa joylaydigan suratlaridan ham ko‘rish mumkin. O‘z o‘rnida Farhod Alimov ham farzandlari bilan vaqt o‘tkazishni juda yaxshi ko‘radi. Bu yili u farzandlari bilan Turkiya sayohatida bo‘ldi.
 
Qahramonimizdan noyabr yoki dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan to‘y haqida qisqacha ma'lumot  berishni so‘raganimizda, u to‘yni tor doirada o‘tkazish niyatida ekani, Rayhonning xavfsizligini o‘ylab shu qarorga kelganini aytdi.
 
"To‘y haqida eshitgan do‘stlarim, tanish-bilishlar mendan "To‘yga aytmabsan”, deb xafa bo‘lishyapti. Ochig‘i, odamlarga "Rayhon bilan to‘yimiz 29 oktyabr kuni bo‘layotgani yo‘q”, deb charchadim.
 
Rayhonning avvalgi nikoh to‘yida muxlislari restorandagi chiroqlarni sindirishgan, Rayhonni ko‘raman, deb uning ko‘ylagiga zarar yetkazishgan edi. Men ana shunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun ham to‘y haqida hech kimga ma'lumot berishni istamadim.
 
Tadbir yaqinlar, do‘stlar doirasida o‘tkazilsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozircha to‘yning qay tarzda, qayerda o‘tishi haqida biror nima deyishim qiyin. Balki chet davlatda, kichik ko‘rinishda, do‘stlar davrasida o‘tkazarmiz”, deydi Farhod Alimov
 
Farhod Alimov 29 oktyabr kuni "Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tadigan to‘y tadbirida boshlovchilik qilishi haqida aytganidan so‘ng, to‘y kuni 29 oktyabr degan gap-so‘zlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Ertaga, 29 oktyabr. Bu orada esa qandaydir ishonchli manbalariga asoslangan holda Rayhon va Farhodning to‘yi aniq 29 oktyabr kuni bo‘ladi, deb bong urgan OAVlar ham topildi. Farhod to‘yning sanasi hali aniq emas deb turgan bir paytda, o‘sha mish-mishlarga ishonadigan jurnalistlarning yetkazgan xabari ishonchliligi qayerda qoldi? 
 
Aytgancha, OAV vakillari, "Nozim-Studio.com” saytidan ma'lumot olar ekansiz, maqolani yaxshilab o‘qib chiqib, so‘ng xulosa qilishingizni, "ishonchli manbalar”ingizga tayangan holda yetkazgan xabarlaringiz mas'uliyatini o‘z gardaningizga olishingizni, tarqatayotgan xabaringiz nechoqlik ishonchli va xolis ekanini tekshirib ko‘rishingizni so‘rab qolamiz.


Категория: Har-Hil | Просмотров:14174 | Добавил: Admin | Теги: Фарҳод Алимов: “Рафиқам билан ажраш | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31