Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 638
Статистика


Statok.net


Сейчас онлайн: 108
Гостей: 108
Пользователи 0

admin5555
19850405
sarazm5500
Kamal
Qorakul
Akmal_776
Suxrobhd
ruslanehdsg1111
tttyuuihh
shaxzod71
Реклама
Главная » 2019 » Avgust » 29 » Farg‘onalik erkak mahalladosh qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi
19:16
Farg‘onalik erkak mahalladosh qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi

Farg‘onada nonvoy mahallasidagi qizni dala maydonida o‘ldirib, jasadni yoqib yubordi. Bu jinoyat Farg‘ona viloyati IIB va Prokuratura idoralari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan fosh etildi.

O‘ta vahshiy qotillik ortidan Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandi bor, novvoychilik bilan shug‘ullanib kelgan A.X. (ismi-sharifi tahririyatga ma'lum)ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 97-moddasi 2-qismi "v,j” bandlari hamda 134-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma'lum bo‘lishicha, A.X. Furqat tumani, "Qizil-Qiyoq” MFY markazida joylashgan nonvoyxonasiga kelgan yengil darajadagi aqliy zaif bo‘lgan N.Y. bilan o‘rtalaridagi ishqiy munosabat tufayli janjallashib, uni bo‘ynidan bo‘g‘ganida, shu yerda bo‘lgan B.X. ularni ajratib qo‘yadi va shu payt pichoq bilan tashlangan N.Y.ni qo‘lidan pichoqni tortib olib, bolta bilan peshona sohasiga bir marta urib, unga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan.

Shu voqyealar ortidan A.X. shu mahallada istiqomat qiluvchi N.Y.dan butunlay qutulish maqsadida uni o‘ldirishni rejalashtirib, 1,5 litr yelim idishda benzin sotib olib, nonvoyxonasida ishlatiladigan yog‘och sopli oshxona pichog‘i va 2 metrli kabel simini tayyorlab, nonvoyxonasi oldiga kelgan N.Y.ga 20.000 so‘m evaziga jinsiy aloqa qilmoqchi ekanini aytadi va shu mahalla hududidagi fermer xo‘jaligi dala maydonining xilvat joyiga uni aldab olib borgan.

Voqyealar davomida qo‘liga qo‘lqop kiygan A.X., N.Y.ni yotqizib, uning oyoqlarini sim bilan bog‘laydi va sochidan ushlab olgan holda boshini tepaga tortib, oshxona pichog‘i bilan bo‘ynidan vena tomirini kesadi.

A.X. o‘ta shafqatsizlik bilan N.Y.ni qasddan o‘ldirib, jinoiy harakati fosh bo‘lishining oldini olish maqsadida o‘zi bilan olib borgan benzinni jasadning ustidan sepib, yoqib yuborib, murdani tahqirlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров: 261 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Реклама
Поиск
Календарь
«  Avgust 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031