• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 692
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Главная » 2018 » May » 29 » Farg‘onada test sinovlari repetitsiyasida opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent “fosh etildi”
15:42
Farg‘onada test sinovlari repetitsiyasida opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent “fosh etildi”

Farg‘ona olimpiya zaxiralari kollejida Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida test sinovlari repetitsiyasi o‘tkazildi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali qoshidagi akademik litseyning 240 nafar o‘quvchisi abituriyent sifatida qatnashdi. O‘quvchilarning har biri shaxsni identifikatsiyalash va aniqlash videokuzatuv moslamalari hamda metallodedektorlar orqali tekshiruvdan o‘tkazildi. Test sinovlari repetitsiyasi davomida 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turdi. Maxsus uyushtirilib, opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan "abituriyent”ning yuzini qurilma tanib oldi va sinovga kirishiga yo‘l bermadi.

Ro‘molchasi, soati yordamida shpargalkadan foydalanmoqchi bo‘lgan, telefon orqali test yechishga harakat qilgan "abituriyent”larni yo‘naltiriladigan va tahlil qiladigan kamera bir zumda aniqlab berdi.

—Test sinovlarining adolatli, xolis va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida bu kabi videokuzatuv moslamalari, kamera va jihozlar uchun davlat tomonidan 8,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bugungi repetitsiya jarayonida abituriyentlar test sinovlarida yolg‘on ishlata olmasliklari, shpargalka va telefon bilan albatta qo‘lga tushishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi va haqiqiy sinovda bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini bilib oldi. Ota-onalar farzandining qanday test yechayotganligini onlayn tarzda ekranda kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi, — deydi Davlat test markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi boshlig‘i Ismoilxon Shokirov.

"Imtihon” jarayonida 270 nafardan ortiq nazoratchi amaliy mashg‘ulotlarni o‘tdi, ota-onalar ham bu yilgi test sinovlarining yangi tartibi haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qilindi.

Ma’lumot uchun, bu yil Farg‘ona viloyatida 800 nafardan ortiq oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda xalq ta’limi bo‘limi xodimlari nazoratchi sifatida test sinovlariga jalb etilishi rejalashtirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1300 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2018  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031