• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » Farg‘onada ichki ishlar idoralari faoliyati Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda
21:58
Farg‘onada ichki ishlar idoralari faoliyati Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 24-yanvarda bo‘lib o‘tgan Parlamentga Murojaatnomasida ta’kidlangan fikr va belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruhlari shakllantirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi "Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, ishchi guruhlari zimmasiga joriy yilning 3—6-fevral kunlari barcha hududiy ichki ishlar organlarida tezkor xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U.Toshxo‘jayev hamda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Doniyor Qodirov rahbarligidagi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlariga barcha tuman-shahar ichki ishlar organlarining tezkor xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda nimalarga e’tibor qaratish bo‘yicha aniq vazifalar va yo‘l xaritasi belgilab berildi.

Doniyor Qodirovning ma’lum qilishicha, o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad tizimdagi eng quyi bo‘g‘in, ya’ni, profilaktika inspektorlari faoliyatigacha kirib borish, mahalla tizimi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohadagi kamchiliklarni joyida aniqlash va kechiktirmay bartaraf etishdan iborat.

Ayni paytda Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida ichki ishlar organlarining mahalla, hokimliklar va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorligining qay ahvoldaligini o‘rganish bilan birga, hududlardagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va joyida bartaraf etish borasida ish olib bormoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829