• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » Farg‘onada 20 yoshli qiz ko‘chadan chaqaloq topib olganini aytib IIBga murojaat qildi. Aslida chaqaloqni uning o‘zi dunyoga keltirgani aniql
14:12
Farg‘onada 20 yoshli qiz ko‘chadan chaqaloq topib olganini aytib IIBga murojaat qildi. Aslida chaqaloqni uning o‘zi dunyoga keltirgani aniql

Farg‘onada 20 yoshli qiz nikohsiz tug‘ilgan farzandidan voz kechishga urindi. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani prokuraturasiningxabar berishicha, voqea 3-mart kuni yuz bergan.

Oltiariq tumanida ota-onasi bilan yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Z.A. shu tumanda yashovchi X.T. bilan tanishib, o‘zaro yaqin munosabat o‘rnatadi. X.T . Z.A.ni yaxshi ko‘rib qolganligi sababli uylanish maqsadida 2019-yil fevral oyida unga sovchi yuboradi. Qizning ota-onasi uni kuzda turmushga berishini aytib, to‘yga rozilik bermagan.

Shundan so‘ng Z.A.ning taklifi bilan X.T. 2019-yil fevral oyida soat taxminan 23:00 larda qiz bir o‘zi yotgan xonaga deraza orqali tushib, u bilan ikki marotaba jinsiy aloqada bo‘lib, tonggi soat 03:00 larda uydan chiqib ketgan.

Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar davom etib, X.T. 2019-yil 12-iyun kuni ishlab pul topish maqsadida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ketib, u yerdan 2019-yilning sentabr oyida qaytib kelgan. Z.A. homilador bo‘lib qoladi hamda 2020-yil 3-mart kuni soat 04:00 larda xonadoni hovlisida o‘g‘il farzandni dunyoga keltiradi. Z.A. farzandini uyga olib kirib, oziqlantiradi.

Shundan so‘ng ota-onasi bilib qolishi va mahallada sharmanda bo‘lishidan qo‘rqib, 3-mart kuni soat 08:00 larda chaqalog‘ini qizil rangli ayollar kostyumiga o‘rab, tuman markaziy buyum bozori orqasidagi ko‘p qavatli uylar yoniga olib kelib, o‘zi ishlayotgan chevarxona yonida "Kimdir yangi tug‘ilgan chaqaloq tashlab ketibdi, topib oldim” deb, tuman IIB navbatchilik qismiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Shundan so‘ng  Z.A. va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i tuman markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Fuqaro Z.A. tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan vaqtda ushbu chaqaloqni o‘zi tuqqanligi aniqlangan va unga tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan. Z.A. ushbu chaqaloqni o‘zining hovlisida tuqqanligi to‘g‘risida tushuntirish xati bergan.

Hozirda Z.A. va farzandining ahvoli yaxshi, chaqaloq Z.A.ning qaramog‘iga olingan. Chaqaloqqa 4-mart kuni tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olingan va 5-mart kuni shifoxonadan uyiga ruxsat berilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish olib borilmoqda, Z.A. va uning chaqalog‘iga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan, natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031