• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 2 » Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ba’zi otalar qizlarini erta turmushga berayotganini tanqid qildi
08:50
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ba’zi otalar qizlarini erta turmushga berayotganini tanqid qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ba’zi otalar qizlarini turmushga berishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yishi oilalar ajrimiga ta’sir qilishini aytib o‘tdi. U bu haqda jurnalistlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Anjumanda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev ajrimlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, turli urf-odatlar oilalarni buzilishiga ta’sir qilishini misol qilib keltirdi.

"‘Qizim 24 yoshga kirib qoldi, uzatadigan vaqti keldi. Qari qiz bo‘lib qolyapti, tezroq kuyovga berishim kerak’ deydi ba’zi bir otalar. Iya, to‘xta, kimga berasan desangiz, ‘Ha endi, bervoraman–da’ deydi. Qizingni bervorasan, shu bilan qutulasanmi? Qizing 24 yoshga kirib qolgan bo‘lsa, o‘zi qanday hunari bor deb so‘rasangiz, ‘Qizim oliy ma’lumotli, diplomi bor’ deydi. To‘xtab tur, seni qizing bilan nima ishing bor, o‘ziga qo‘yib ber. Amaldagi qonunlar, boshqasi bor. Mana shunaqa har xil urf-odatlarimiz ham oilalarga ta’sir qilyapti. Shuning uchun bu juda murakkab masala”, – dedi G‘aniyev

Uning qo‘shimcha qilishicha, odamlarga nimanidir tushuntirish uchun inson badiiy adabiyot o‘qigan bo‘lishi va hayotda ko‘p narsani taroziga sola bilishi kerak.

Avvalgi xabarlarda Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimidan boshlab barcha fuqarolar karantin qoidalariga amal qilishi shartligini qayd etgan edi. Shuningdek, hokim sifatida umuman pora olmaganini hamda "So‘x voqealari” degan iboraga qarshi ekanini bildirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:491 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031