• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2018 » May » 4 » Ertaga Toshkentda katta boks kechasi o‘tkaziladi.
14:49
Ertaga Toshkentda katta boks kechasi o‘tkaziladi.

Ertaga, 4 may kuni Toshkent shahrida professional boks bo‘yicha katta jang oqshomi tashkil qilinadi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar Rossiya, Gruziya, Tanzaniya va Indoneziya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalariga qarshi ringga ko‘tariladilar.
 
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi WBC Silver kamari sohibiga aylandi.
 
Bugun ushbu boks kechasi oldidan matbuot anjumani va rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Anjumanda bokschilar bilan birga WBC supervayzerlari, promouterlar, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari ham ishtirok etishdi.
"Iliq kutib olishgani uchun O‘zbekiston mamlakatiga minnatdorchilik bildiraman. WBC ilk marotaba O‘zbekistonda mana shunday katta boks oqshomini tashkil qilmoqda. Ertaga ikki ajoyib, kelajagi porloq bokschilar ishtirokida qiziqarli jang tomosha qilamiz. Ularning har ikkisiga ham omad tilaymiz”, dedi WBC supervayzeri Oksana Sininishina.
 
Bokschilar ham OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.
 
– Azizbek, ertangi jangda raqibingizni nechanchi raundda nokaut qilmoqchisiz?
 
– Bu ring. Jang oldidan men shu raundda raqibimni nokaut qilaman deb aniq ayta olmayman. Ertangi to‘qnashuvda men o‘zimning eng kuchli jangimni ko‘rsatib, g‘alaba qozonmoqchiman.
Huddi shu savol bokschining raqibi Dmitriy Chudinovga ham berildi:
 
"Bu jangga yetib kelish uchun ancha mehnat qildim. Jang natijasi qanday bo‘lishini ring ko‘rsatib beradi”, deb javob berdi rossiyalik bokschi.
 
Rossiyalik bokschining promouteri Albert Xachaturov O‘zbekiston boks mamlakati ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
 
"Assalomu alaykum. Men bu mamlakatga begona emasman. Andijon viloyatidan chiqqanman. Ushbu jangdan butun bir mamlakat, o‘zbek boksi yutadi. O‘zbekiston boks mamlakati ekanligi barchaga ma'lum. Ishonchim komilki, yaqin yillar ichida O‘zbekistondan professional boksda jahon chempioni chiqadi. Bunga shubha qilmayman”, dedi promouter.
 
Matbuot anjumani yakunlanganidan so‘ng bokschilar ishtirokida rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.
 
Eslatib o‘tamiz, ertangi jangda quyidagi juftliklar ringda o‘zaro to‘qnash keladilar:
 
Azizbek Abdug‘ofurov – Dmitriy Chudinov (Rossiya)
Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)
Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)
Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya)
Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya)
Ulug‘bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya)
Anvar Turobov – Roy Muxlis (Indoneziya)
 
Janglar Toshkentdagi "O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladi.
 
Tadbirdan olingan suratlar Milliy Olimpiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan taqdim etildi.Ertaga, 4 may kuni Toshkent shahrida professional boks bo‘yicha katta jang oqshomi tashkil qilinadi. Unda o‘zbekistonlik bokschilar Rossiya, Gruziya, Tanzaniya va Indoneziya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalariga qarshi ringga ko‘tariladilar.
 
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda g‘alaba qozongan bokschi WBC Silver kamari sohibiga aylandi.
 
Bugun ushbu boks kechasi oldidan matbuot anjumani va rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi. Anjumanda bokschilar bilan birga WBC supervayzerlari, promouterlar, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari ham ishtirok etishdi.
"Iliq kutib olishgani uchun O‘zbekiston mamlakatiga minnatdorchilik bildiraman. WBC ilk marotaba O‘zbekistonda mana shunday katta boks oqshomini tashkil qilmoqda. Ertaga ikki ajoyib, kelajagi porloq bokschilar ishtirokida qiziqarli jang tomosha qilamiz. Ularning har ikkisiga ham omad tilaymiz”, dedi WBC supervayzeri Oksana Sininishina.
 
Bokschilar ham OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.
 
– Azizbek, ertangi jangda raqibingizni nechanchi raundda nokaut qilmoqchisiz?
 
– Bu ring. Jang oldidan men shu raundda raqibimni nokaut qilaman deb aniq ayta olmayman. Ertangi to‘qnashuvda men o‘zimning eng kuchli jangimni ko‘rsatib, g‘alaba qozonmoqchiman.
Huddi shu savol bokschining raqibi Dmitriy Chudinovga ham berildi:
 
"Bu jangga yetib kelish uchun ancha mehnat qildim. Jang natijasi qanday bo‘lishini ring ko‘rsatib beradi”, deb javob berdi rossiyalik bokschi.
 
Rossiyalik bokschining promouteri Albert Xachaturov O‘zbekiston boks mamlakati ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
 
"Assalomu alaykum. Men bu mamlakatga begona emasman. Andijon viloyatidan chiqqanman. Ushbu jangdan butun bir mamlakat, o‘zbek boksi yutadi. O‘zbekiston boks mamlakati ekanligi barchaga ma'lum. Ishonchim komilki, yaqin yillar ichida O‘zbekistondan professional boksda jahon chempioni chiqadi. Bunga shubha qilmayman”, dedi promouter.
 
Matbuot anjumani yakunlanganidan so‘ng bokschilar ishtirokida rasmiy vazn o‘lchash marosimi o‘tkazildi.
 
Eslatib o‘tamiz, ertangi jangda quyidagi juftliklar ringda o‘zaro to‘qnash keladilar:
 
Azizbek Abdug‘ofurov – Dmitriy Chudinov (Rossiya)
Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)
Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)
Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya)
Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya)
Ulug‘bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya)
Anvar Turobov – Roy Muxlis (Indoneziya)
 
Janglar Toshkentdagi "O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladi.
 
Tadbirdan olingan suratlar Milliy Olimpiya qo‘mitasi xodimlari tomonidan taqdim etildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1232 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь