• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 20 » Erta qarishga sabab bo‘luvchi 5 zararli odat
14:27
Erta qarishga sabab bo‘luvchi 5 zararli odat

Insonning tashqi ko‘rinishi, qarish jarayoni ko‘p hollarda genga bog‘liq bo‘ladi. Lekin shunday zararli odatlar borki, gen qanday bo‘lishidan qat’iy nazar erta ajin tushishiga olib keladi. Quyida ushbu odatlar qanday ekaniga to‘xtalamiz.

Ratsiondan yog‘ni chiqarib tashlash

Ko‘pchilik vazn tashlash uchun ratsionidan yog‘ni umuman olib tashlaydi yoki yog‘siz parhez qilishga kirishadi. Bunday parhez organizmga salbiy ta’sir qilish bilan birga, teriga ajin tushishiga olib keladi. Ozish yaxshi, lekin organizmni qiynash, salomatlikni ketkazish evaziga vazn tashlash yaramaydi. Shuning uchun taomnomangizda oz miqdorda bo‘lsa ham baliq mahsulotlari, yong‘oq, smetana va yog‘ bo‘lishiga e’tibor qarating.

Ichimlikni "trubochka” da ichish

Ichimlikni "trubochka”da ichish vaqtida lablar jipslashadi va bu og‘iz atrofidagi teriga ajin tushishiga sabab bo‘ladi. Shuning singari, sigaret chekishda ham shu holat kuzatiladi. Nafaqat yosh ko‘rinish, balki salomatligingiz uchun ham chekishni tashlash tavsiya qilinadi.

Yonboshlab uxlash

Uzoq umr ko‘rish uyquning to‘liq va tiniq bo‘lishi bilan ham bog‘liq. Yonboshlab uxlaganda esa yuz yostiqqa tegib turadi va bu vaqtda teri nafas olmaydi, qon yaxshi aylanmaydi. Bu esa o‘z navbatida yuz terisi va bo‘yinga erta ajin tushishiga olib keladi. Terining yosh va go‘zalligini saqlash uchun to‘g‘ri, tepaga qarab yotish eng yaxshi variant hisoblanadi.

Qomatni tik tutmaslik

Bukchayish va o‘tirganda qomatni tik tutmaslik umurtqaning egilishi va qiyshayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu vaqtda muskullar zo‘​riqadi va shuning uchun ham biz charchoq va og‘​riqni his qilamiz. Bundan tashqari, tik yurish qomatga va hayot tarziga ham ta’sir qilmay qolmasligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Quyosh nuridan saqlanmaslik

Ultrabinafsha nurlari — erta qarishga olib keluvchi eng asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ko‘pchilik faqat yozgi dam olish vaqtlarigina quyosh nurlaridan saqlanib, kundalik turmushda himoyalanishga rioya qilmaydi. Aslida esa hafta davomida ish yoki o‘qishga qatnash uchun ko‘chaga chiqilganda quyoshdan zararlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi, Shuni inobatga olgan holda, himoyalovchi vositalar, tarkibida SPF bo‘lgan kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bulutlar 80 % ultrabinafsha nurlarini o‘tkazgani uchun jazirama bo‘lmagan kunlarda ham bunday kremlarni surtishni kanda qilmaslik kerak.
Категория: Har-Hil | Просмотров:501 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь