• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Yanvar » 19 » Eron Qrim va Donbassning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmadi
21:33
Eron Qrim va Donbassning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmadi

Eron Qrim va Ukrainaning to‘rt sharqiy hududi Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyonning TRT World’ga bergan intervyusiga tayanib, "RBK” xabar berdi.

Abdullohiyonning ta’kidlashicha, Moskva bilan "a’lo” munosabatlarga qaramay, Eron Qrim yarimorolining anneksiya qilinishini va bosib olingan to‘rtta hududning Rossiyaga tarkibiga kiritilishini tan olmaydi. Eronlik diplomat Tehron xalqaro qonunlar doirasida davlatlarning hududiy yaxlitligini tan olishi va shu sababli Ukraina hududlari Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmasligini bildirdi.

"Biz xalqaro qonunlar doirasida davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz, shuning uchun Tehron va Moskva o‘rtasidagi a’lo darajadagi munosabatlarga qaramay, Qrim, Lugansk va Donetsk viloyatlarining Ukrainadan ajratilishini tan olmadik”, — deydi Abdullohiyon.

Shu bilan birga, TIV rahbari Eron Rossiya-Ukraina urushiga qarshi ekanini ta’kidlab, mojaro tezroq yakunlanishiga umid bildirgan. "Biz Ukrainadagi mojaro yechim emas deb, tashqi siyosatdagi izchil tamoyilimizni yana bir bor ta’kidlaymiz”, — degan diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘z pozitsiyasiga sodiq va asosiy tashqi siyosat tamoyili sifatida unga tayanadi.

Bir kun avval, 18-yanvar kuni Moskvaning yana bir an’anaviy "ittifoqchisi” Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham xuddi shunday bayonot bilan chiqqandi.

"Biz boshidanoq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlashga haqqimiz yo‘qligini aytdik. Biz uchun Qrim va Donbass — Ukraina va u doimo shunday bo‘lib qoladi”, — degan edi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushda Eronda ishlab chiqarilgan Shahed-131 va Shahed-136 dronlaridan foydalanmoqda, Rossiya Qurolli kuchlari ularning nomini "Geran-1” va "Geran-2” deb o‘zgartirib olgan. Rossiya rasmiylari dronlarning Erondan olib kelinishini tan olmayapti.

Noyabr oyi boshida Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullohiyon Rossiyaga bir qancha dronlar yuborilganini tasdiqlab, bu urush boshlanishidan bir necha oy oldin sodir bo‘lganini aytdi.

13-dekabr kuni Eron mudofaa vaziri Muhammad-Rizo Ashtianiy Kiyev urush paytida Eron qurollaridan foydalanilayotgani haqida birorta dalil keltirmaganini da’vo qildi. Vazirning aytishicha, Ukraina va Eron harbiylari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan, unda Ukraina tomoni Eronning Rossiyaga dronlar yetkazib berayotgani, ulardan Ukraina shaharlariga hujumda foydalanilayotganini tasdiqlovchi hech qanday hujjat taqdim etmagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:203 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031