• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 27 » Eron koronavirus tarqalish darajasiga ko‘ra bir necha hududlarga bo‘lindi
12:00
Eron koronavirus tarqalish darajasiga ko‘ra bir necha hududlarga bo‘lindi

Eron hukumati cheklovlar qo‘yish yoki uni olib tashlash maqsadida mamlakatni koronavirus tarqalishi xavfiga qarab bir necha hududlarga bo‘ldi. "RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda 26-aprel kuni mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy ma’lum qilgan.

"Mamlakat oq, sariq va qizil rangdagi uch hududga bo‘linadi. Koronavirus cheklovlari va qoidalari ushbu uch zonali ajratish doirasida amalga oshiriladi”, — deyiladi prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda.

Hasan Ruhoniyning aytishicha, bunday bo‘linish joylardagi koronavirusga chalinish darajasiga bog‘liq bo‘lib, u yoki bu turga kirishiga qarab tegishli choralar ko‘riladi. Xususan, oq rangga kiruvchi joylarda masjidlarni ochish, juma namozi o‘qilishiga taqiqlarni olib tashlash, shuningdek, aholi to‘planishiga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda Eronda koronavirusga chalinish holati ilk bor e’lon qilingan 19-fevraldan buyon 90 mingdan ortiq kishi kasallangan, ularning 5,7 mingdan ortig‘i vafot etgan, 70 mingga yaqin kishi tuzalgan.

Avvalroq Isroil tashqi razvedkasi Eron, Iroq, Livan va Suriyada koronavirus keng tarqalgan, biroq ularda bu haqdagi ma’lumotlar kamaytirib ko‘rsatilayotganini bildirgandi. "Eronda e’lon qilinayotgan raqamlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deb aytgandi Isroil tashqi razvedkasi Mossad rahbari Yosi Koen.
Категория: Har-Hil | Просмотров:575 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь