• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Sentyabr » 8 » Erdo‘g‘on G‘arbning Rossiyaga nisbatan siyosatini qoraladi va Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ni “metallolom” deb atadi
09:13
Erdo‘g‘on G‘arbning Rossiyaga nisbatan siyosatini qoraladi va Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ni “metallolom” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgraddagi matbuot anjumanida G‘arbning Rossiyaga nisbatan siyosatini qoraladi, deb yozadi Meduza. Erdo‘g‘on G‘arbning xatti-harakatlarini "tomonlarni gijgijlash”, Ukrainaga yuborilayotgan qurol-yarog‘ni esa "lash-lushlar” deb atadi.

"G‘arbning pozitsiya xato deb ochiqdan-ochiq aytaman. Chunki G‘arbning tomonlarni provokatsiya qilishga asoslangan xatti-harakatlari yaqqol ko‘rinib turibdi. Harbiy ko‘mak haqida e’lon qilishyapti. Lekin fakt bo‘yicha, G‘arbda eskirib ketgan qancha qurol va metallolom bo‘lsa, hammasini Ukrainaga jo‘natishyapti, — dedi Erdo‘g‘on. Hozir siz tomonlardan biri g‘alaba qozonyapti deb ayta olasizmi? Yo‘q! Bu urushda g‘oliblar yo‘q, lekin mag‘lublar juda ko‘p. Katta sonli odamlar halok bo‘lyapti, moliyaviy tomoni haqida gapirish esa noo‘rin”.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Yevropadagi energiya inqirozini tilga oldi: "Rossiya gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, Yevropada narxlar esa ko‘tarilib ketdi. Hozir Yevropa mamlakatlarida  qishki mavsumni yengib o‘tish yo‘llarini birgalikda qidirishyapti. Nima uchun bu haqda avvalroq o‘ylamadingiz? Axir Rossiyaning qo‘lida muhim resurs turibdi”.

Aleksandr Vuchich, o‘z navbatida, kelayotgan bir necha oy Yevroittifoq mamlakatlari uchun juda murakkab bo‘lishini aytdi.

"Shu qish barchamiz uchun juda sovuq bo‘ladi, kelasi yil esa butun Yevropani qutb qishi kutmoqda. Hech kim yechim qidirishni istamayapti, hamma murosani emas, dushmanning mag‘lubiyatini kutyapti. Agar haqiqatan ham Rossiyani harbiy yo‘l bilan osongina yengish mumkin deb o‘ylasangiz, unda ham sovuq, ham qutb qishiga yaxshilab tayyorlanishimiz kerak bo‘ladi”, — dedi Serbiya prezidenti.

Avvalroq Erdo‘g‘on Rossiyadan gaz yetkazib berishning qisqarishi tufayli kelayotgan qishda duch kelinadigan muammolarga Yevropa davlatlarining faqatgina o‘zlari aybdor bo‘lishini ta’kidlagandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:226 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930